Salomatlik Salomatlik Miya faoliyatini yaxshilashda yordam beradigan mahsulotlar

Miya faoliyatini yaxshilashda yordam beradigan mahsulotlar

O'qildi: 250


Miya faoliyatini yaxshilashda yordam beradigan mahsulotlar

Agar energiya deyarli to‘liq uyqusizlik va doimiy stressga qarshi kurashga sarflangan bo‘lsa, miya qish uyqusidan chiqishni xohlamasa, ushbu mahsulotlar iste’molini oshirish lozim.

Foto: Marie Claire

Suv

Umuman olganda, suv ovqatga tegishli emas, ammo shunga qaramay, u miyaning ishlashi uchun ajralmas qism hisoblanadi. Organizmning suvsizlanishi juda noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin, bu esa miyaga jiddiy zarar yetkazadi. Misol uchun, bosh og‘rig‘ining eng keng tarqalgan sababi ham suvsizlanishdir, insonlar uni ichish rejimiga rioya qilmasdan o‘zi tuzaladi. Har bir jarayonni tartibda saqlash uchun kuniga kamida sakkiz stakan suv ichish tavsiya etiladi.

Klyukva

Klyukva organizm hujayralarini zarar va kasalliklardan himoya qiluvchi qalqon vazifasini bajaradigan moddalar – antioksidantlarga boy. Xususan, ular miyani qon bilan ta’minlaydigan tomirlarni himoya qiladi.

Ismaloq

Ismaloq ratsionida bo‘lgan barcha ayollarning sevimli garniridir. Birinchidan,  juda mazali, ikkinchidan, foydali ham!Ismaloq asab hujayralarining yoshligini saqlaydi, shuningdek, miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Baliq

U miyadagi metabolik jarayonlarda ishtirok etadigan, yaxshi xolesterin miqdorini oshiradigan va yomon miqdorini kamaytiradigan ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘li kislotalarni o‘z ichiga oladi. Dengiz baliqlarida tish va suyaklarning o‘sishi va saqlanishi uchun zarur bo‘lgan fosfor ham mavjud. Losos omega-3 yog‘ kislotalarining eng yaxshi manbalaridan biri bo‘lib, miya hujayralari o‘rtasidagi aloqani yaxshilaydi. Bu istisnosiz barcha funksiyalariga foydali ta’sir ko‘rsatadi, qo‘l va oyoqlarni boshqarishdan tortib integral tenglamalarni yechishgacha.

Lavlagi

Lavlagi betainga boy, bu modda kayfiyatni, reaksiyani va diqqatni jamlash qobiliyatini yaxshilaydi. Uni xom holda iste’mol qilish tavsiya etiladi, masalan, yog‘ va sirka bilan salat tarzida tanovul qilish mumkin.

Chernika 

Chernika nafaqat ko‘rish qobiliyatining pasayishini sekinlashtirishga yordam beradi, balki qarish tufayli miyaning yomonlashishi xavfini kamaytiradi. Malinalar ham kamroq bo‘lsa-da, bu xususiyatga ega, ammo yuqorida qayd etilgan uchta rezavor har qanday yoshda yaxshi fikr yuritishga va olingan bilimlarni yaxshi o‘zlashtirishga yordam beradi.

Quritilgan o‘riklar

Bizning sevimli quritilgan mevalarimiz temir va C vitaminiga boy. Temir analitik fikrlash uchun mas’ul bo‘lgan miyaning chap yarim sharini rag‘batlantiradi, C vitamini esa temirning yaxshiroq so‘rilishiga yordam beradi. Eng yaxshi natijaga erishish uchun kuniga 5-6 dona quritilgan o‘rik iste’mol qiling.

Baqlajon

Ma’lum bo‘lishicha, baqlajon qobig‘ida antosiyanin va ayni paytda antioksidant mavjud. Ushbu moddalar miya hujayralarining membranalarida kerakli miqdordagi yog‘ning saqlanishiga hissa qo‘shadi va shu bilan ularni shikastlanishdan himoya qiladi.

Qahva

Qahva haqida juda ko‘p bahs-munozaralar mavjud, bu mahsulot chindan ham  zararlimi?Aslida kofein miya faoliyatini rag‘batlantiradi, qaror qabul qilish tezligiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, qahva asab tizimimizni keraksiz stressdan himoya qilishga qodir.

Mavzuga doir:

  • Yurak salomatligini mustahkamlash uchun amal qilish kerak bo‘lgan 8 ta muhim qoida
  • Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradigan vitamin va minerallar
  • Qishda tishlar salomatligi uchun qanday vitaminlar kerak?
  • Qanday mahsulotlar miya salomatligi uchun zararli?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.