Ovqat hazm qilishga yordam beradigan tabiiy mahsulotlar
Giyohlar yordamida oshqozon bilan bog‘liq noqulaylikdan osongina xalos bo‘lish mumkin.
Foto: PinterestMoychechak
Moychechak yengil antibakterial ta’sirga ega va ovqat hazm qilish fermentlarining sekretsiyasini rag‘batlantiradi. Qorin dam bo‘lishi va og‘irlik paydo bo‘lishining sabablaridan biri shundaki, yetarli darajada yaxshi hazm bo‘lmagan oziq-ovqat qoldiqlari ba’zan katta ichakka kiradi. U yerda bakteriyalar ularni parchalaydi va gazlar hosil bo‘ladi. Oshqozon, ingichka ichak va oshqozon osti bezini rag‘batlantirish orqali oziq-ovqat yanada samarali hazm qilinadi, bu ham noqulaylikni kamaytiradi.
Yalpiz
Qadimda yalpiz barglaridan tayyorlangan damlama deyarli barcha kasalliklar uchun davo hisoblangan. Zamonaviy tibbiyot ko‘proq muvaffaqiyatli o‘rinbosarlarni taqdim etdi, ammo oshqozondagi og‘irlikni yo‘qotish qobiliyatiga ega yalpizning tengi yo‘q. Gap shundaki, mentol tabiiy antispazmatik bo‘lib, u bir zumda noqulaylikdan xalos qiladi va qorin dam bo‘lishini yumshatadi. Qaynatmani iloji boricha ko‘proq ichishga harakat qilish lozim. Uning ta’mi unchalik yaxshi bo‘lmasligi mumkin, ammo u 100 foiz samarali.
Kalendula
Yalpiz kabi kalendula ham oshqozon og‘irlikni samarali ravishda yengillashtiradigan tabiiy antispazmatikdir. Bundan tashqari, yorqin gullar noyob tinchlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Kalendula oshqozon va ichakning shilliq pardalariga foydali ta’sir ko‘rsatadi, qorin dam bo‘lishi va og‘irlikni yengillashtiradi va muntazam iste’mol qilish tufayli ovqat hazm qilish tizimidagi turli kasalliklarining oldini oladi.
Fenxel(arpabodiyon)
Fenxel – oshqozon bezovtaligida yordam beradigan yana bir ajoyib o‘simlik. Arpabodiyon urug‘ining qaynatmasida mavjud bo‘lgan faol moddalar oshqozon-ichak traktida yallig‘lanishning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, ichak faoliyatini yaxshilaydi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Qaynatmani tayyorlash uchun 1 osh qoshiq urug‘ni maydalab, ustidan 0,5 litr qaynoq suv quyiladi va bir soatga qoldiriladi, so‘ngra kuniga 2 mahal ichiladi. Yodda tutish kerak, ichimlik o‘ziga xos ta’m va hidga ega.
Shivit
Ushbu damlamani tayyorlash uchun yangi shivit emas, balki uning urug‘lari kerak bo‘ladi. Uni tayyorlashning eng oson yo‘li quyidagicha: 2 choy qoshiq urug‘ni bir stakan ichimlik suviga qo‘shib, 20 daqiqa davomida qaynatish kerak. Bir hafta davomida kuniga 5-6 marta doka orqali o‘tkazilgan ichimlikni ichish tavsiya etiladi. Qaynatma oshqozonning kislotaliligini me’yorlashtiradi, jig‘ildon qaynashi va boshqa noqulay his-tuyg‘ularning oldini oladi.
Mavzuga doir:
- Metabolizmni bir necha martaga tezlashtirishga yordam beradigan mahsulotlar
- Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan vitamin va mikroelementlar
- Organizmni tozalashga yordam beradigan 6 mahsulot
- Ko‘k choyning qanday foydali xususiyatlari bor?
Manba