Salomatlik Salomatlik Kunni to‘g‘ri boshlashni istaganlar uchun 10 ta tavsiya

Kunni to‘g‘ri boshlashni istaganlar uchun 10 ta tavsiya

O'qildi: 309


Kunni to‘g‘ri boshlashni istaganlar uchun 10 ta tavsiya

Agar barchasi tongdan to‘g‘ri boshlansa, bu kunning davomida a’lo kayfiyatda bo‘lishingizni ta’minlaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Toza havoda sayr qiling

Uyqu tadqiqotlari fondi mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy yorug‘lik va toza havo kunlik sikllarni qayta boshlashi va butun kun uchun energiya berishi mumkin. Bu yetmish ikki mingga yaqin ayol ishtirok etgan tadqiqot natijasiga ko‘ra aniqlandi. Ko‘ngillilar haftasiga uch soat yurishdi va ma’lum bo‘lishicha, rejimning bu kichik o‘zgarishi miokard infarkti va insult xavfini o‘rtacha 35 foizga kamaytirgan.

Har doim karavotni tartibga keltiring

Bu kichik ish ham katta natija berishi mumkin. Mashhur yozuvchi general-polkovnik Uilyam Makreyvenning so‘zlariga ko‘ra, bu harakat o‘z-o‘zini tartibga soladi va butun kun uchun tonusni belgilaydi. Bu ko‘p vaqt talab qilmaydi, lekin siz uzoq vaqt davomida hamma narsani to‘g‘ri bajarayotganingizni his qilishingiz mumkin.

Biroz suv iching

Uzoq uyqudan keyin organizmga suv kerak bo‘ladi. Uyqu davomida u nafas va ter bilan birga chiqib ketadi. Haddan tashqari suyuqlik yo‘qotilishi suvsizlanishga olib keladi, bu esa zaiflik, bosh aylanishi va og‘ir holatlarda ongni yo‘qotish bilan birga keladi. Bir yoki ikki stakan toza suv — kunni boshlashning eng yaxshi usuli.

Mutolaa qiling

Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, o‘qish stress darajasini pasaytiradi va do‘stlar, oila va ishdagi hamkasblar bilan munosabatlardagi muhim xarakter xususiyati bo‘lgan empatiyani rivojlantiradi. Agar ilm-fan haqida gapirilmasa ham, ishdagi band kun oldidan sevimli kitobning bir necha sahifasidan ko‘ra yoqimli nima bo‘lishi mumkin?

Uchta yaxshi hodisani mashq qiling

Mashqning mohiyati oddiy: har kuni kechagi kunni yorqinroq qilgan uchta yaxshi narsaning ro‘yxati tuziladi. Bu faqat o‘n daqiqa vaqt oladi, ammo ta’siri hayratda qoldiradi. Ushbu mashqni ixtiro qilgan psixologning ta’kidlashicha, uning bemorlari birinchi haftada ruhiy tushkunlik intensivligini kamaytirishga va o‘zlarini baxtli his qilishga muvaffaq bo‘ldi. Muallifning g‘oyasiga ko‘ra, mashq kechqurun bajarilishi kerak, lekin ertalab o‘tgan kunning yoqimli voqealarini eslash yanada ajoyib.

Qahvani sevuvchilar uchun yaxshi yangilik

Qahva va choy(shuningdek, kofein mavjud ichimlik)uyg‘onishga yordam beradi. Shu bilan birga, modda organizmda kamida besh soat davomida aylanib, ish kunining ko‘p qismida kuch bilan quvvatlantiradi.

Foydali nimadir qiling

Tasavvur qiling-a, ishdan qaytganda uy toza va ozoda. Demak, uy yumushlari bilan tongda shug‘ullanib, oqshomni rohat-farog‘atga bo‘shatish mumkin.

Fikrlaringizni tozalang

Ertalabki meditatsiya butun kun uchun yaxshi kayfiyatni ta’minlaydi. Ko‘pgina muqobil amaliyotlardan farqli o‘laroq, uning foydalari ilmiy jihatdan tasdiqlangan. Tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, meditatsiya tashvishlarni yengillashtiradi, qon bosimini pasaytiradi va konsentratsiyani yaxshilashga yordam beradi.

Kunni rejalashtiring

Psixolog Trevis Bredberi nafaqat maqsadlar ro‘yxatini tuzishni, balki ularga qanday erishishni va buning uchun qancha vaqt ketishini rejalashtirishni maslahat beradi. “Agar siz kunni batafsil rejalashtirsangiz, maqsadlaringizga erishish imkoniyati sezilarli darajada oshadi”, – deb yozadi u LinkedIn sahifasida. Mutaxassis kunning birinchi yarmiga eng qiyin vazifalarni rejalashtirishni maslahat beradi va kechga osonroq narsalarni qoldiradi.

Sevgan insoningiz bilan suhbatlashing

Sevgan inson bilan ertalabki suhbatdan ko‘ra kuchliroq narsa yo‘q. Aytgancha, yaqinlar bilan muloqot qilish salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ochiq va kirishimli odamlar odamovilarga qaraganda uzoqroq yashaydi. Yolg‘iz odamlar depressiya va boshqa asab kasalliklaridan ko‘proq aziyat chekadi.

Mavzuga doir:

  • Digital detoks: miyangizga dam olish va tiklanish imkoniyatini bering
  • Miya qarishi: uni sekinlashtirishga yordam beradigan 3 ta oddiy odat
  • Xotirani mustahkamlashda yordam beradigan odatlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.