Salomatlik Salomatlik Infarkt “yosharmoqda”: Qanday qilib yurak bilan bog‘liq muammolarning oldini olish mumkin?

Infarkt “yosharmoqda”: Qanday qilib yurak bilan bog‘liq muammolarning oldini olish mumkin?

O'qildi: 259


Infarkt “yosharmoqda”: Qanday qilib yurak bilan bog‘liq muammolarning oldini olish mumkin?

Amerikalik shifokorlarning fikricha, so‘nggi 20 yil ichida yurak xuruji 35 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ayollarda kuzatila boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, kasallikni tashkil qiluvchi qism 21 foizdan 31 foizgacha oshgan, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Profil”

So‘nggi 50 yil ichida tibbiyot ko‘plab yurak muammolarini hal qilishga erishdi. O‘tgan asrning 60-yillarda butun dunyo bo‘ylab infarkt tufayli o‘lim darajasi ancha yuqori edi, o‘shandan beri yangi dori vositalari va davolash usullari ixtiro qilindi va kasallikning profilaktika choralari ko‘rildi. Ammo bu yutuqlar aholining barcha guruhlariga ta’sir qilmadi, natijada 35-54 yoshdagi ayollar statistikasining yomonlashuviga olib kelmoqda.

Sog‘liqqa e’tiborsiz bo‘lish

Bunday holatning asosiy sabablaridan biri shundaki, ushbu yoshdagi ayollar yurak kasalliklarining profilaktikasidan chetda qolmoqda. Shuningdek, bu hali hammasi emas, ularda gipertoniya va diabet kasalligining foizi ham oshdi. Infarkt esa yoshi kattalar uchun muammo bo‘lib qolmoqda.

Alomatlarni boshqa kasallik bilan adashtirish

Yana bir muammo shundaki, ayollar yurak xurujini erkaklarnikidan farqli ravishda boshdan kechiradi. Ko‘pchilik buni hatto sezmaydi ham. Tibbiy yordam esa biroz vaqt o‘tib, jiddiy ravishda zarur bo‘lishi mumkin. Agar erkaklar yuragini changallab, o‘tirgan joyidan yiqilib ketsa, ayollar bu holatda bel og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, terlash, bosh og‘rig‘i va aylanishidan shikoyat qiladi. Bu kabi alomatlarni har qanday inson bevosita yurak bilan bog‘lamasligi mumkin va shifokorlar ham ko‘pincha reflyuks yoki tashvishlanishning kuchayishi tashxisini qo‘yadi.

Menopauzadagi xavf

Menopauzadan oldin ayollarda xavf darajasi past bo‘ladi va shundayligicha saqlanib qolmoqda, ammo organizmdagi katta o‘zgarishlar davrida xavf ortadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, infarkt natijasida vafot etgan ayollarning 60 foizida yurak muammolari ilgari ham kuzatilgan. Buning sabablari orasida stress, erta menopauza, kuchli tashvishlanish va depressiya mavjud. Mutaxassislar sog‘liqqa ko‘proq e’tibor berishni va muammo nimada ekanini diqqat bilan aniqlashni tavsiya qiladi.

Mavzuga doir:

  • Yurakdagi og‘riq chap qo‘lga bersa, sababi nima bo‘lishi mumkin?
  • Zararsiz deb o‘ylamang: qo‘l va oyoq uvishishining sabablari
  • Kardiolog tekshiruvidan o‘tish kerakligidan darak beruvchi simptomlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.