Vitaminlarni qachon qabul qilish kerak? Mutaxassis javob beradi
Nutrilite Sog‘liqni saqlash institutining tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha yetakchi xodimi – Kit Rendolf siz oziq-ovqat mahsulotlaridan kerakli moddalarni olish mumkinmi va qachon qo‘shimchalar kerak bo‘lishi haqida fikr bildirdi.
Foto: “Domashniy ochag”Agar kuniga 400 dan 800 grammgacha meva va sabzavotlar iste’mol qilinsa, qo‘shimcha vitamin qabul qilishning keragi yo‘q.
Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan optimal salomatlik uchun tavsiya etilgan miqdordir, chunki organizm sabzavot va mevalardan eng ko‘p oziq moddalarni – fitonutrientlarni o‘zlashtiradi. Ayni paytda butun dunyo bo‘ylab ko‘pchilik tavsiya etilgan minimal dozadan ham kamroq iste’mol qiladi. Misol uchun Germaniyada ular kuniga o‘rtacha 360 gramm sabzavot va meva iste’mol qiladi, Yaponiyada – 400, Rossiyada – atigi 200. Nutrilite kompaniyasining Global Fitonutrient tadqiqot hisobotiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab erkaklarning 79,5 foizi va ayollarning 78,7 foizi o‘z diyetasidan yetarli miqdorda ozuqa ololmaydi.
Sabzavotlar va mevalar qanchalik rangli bo‘lsa, shuncha yaxshi
- sabzavot va mevalarning rangi ularning tarkibidagi ozuqaviy moddalarga bog‘liq. Shuning uchun, organizmni zarur bo‘lgan hamma narsa bilan ta’minlash uchun ratsionga iloji boricha ko‘proq rangli o‘simlik mahsulotlarini kiritishga harakat qilish lozim.
- qizil mevalar(tarvuz, pomidor, qizil greypfruit, qalampir)prostata, o‘pka va oshqozon salomatligini qo‘llab-quvvatlaydigan va ultrabinafsha nurlarining organizmga ta’sirini kamaytiradigan likopenga boy. Shuningdek, ellagik kislota(malina, qulupnay, klyukva va anorlarda mavjud)DNK holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan kuchli antioksidantdir.
- sariq va to‘q sariq rangdagi meva va sabzavotlar yaxshi ko‘rishni, organizmning o‘sishi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi, hujayralarni himoya qiladi va terida namlikni saqlashga yordam beradi. Yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilaydigan gesperidin apelsin, greypfruit, limon, mandarin va yalpizda ko‘p miqdorda uchraydi.
- sabzavotlar, mevalar va yashil rezavorlar o‘pka sog‘lig‘ini ta’minlaydi, suyak va tishlarni mustahkamlaydi, hujayralararo o‘zaro ta’sirni va hujayra o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi. Muhim fitonutrientlar brokkoli, qovoq, yashil qalampir, yashil choy, loviya va no‘xatda mavjud.
- moviy va binafsha rangli gamma yurak va miyaning normal ishlashini, organizmning antioksidant himoyasini ta’minlaydi va sog‘lom suyaklarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ratsionga qora smorodina, malina, uzum, anjir, olxo‘ri, lavlagi, baqlajon yoki qizil karamni qo‘shishni unutmaslik kerak.
Organizmda to‘planishi mumkin bo‘lgan elementlar mavjud. Avvalo, bular yog‘da eriydigan A, D, E vitaminlari bo‘lib, hayvonlarning oziq-ovqatlaridan — yog‘li baliq, tuxum, jigardan olinadi. Istisnolar mavjud: mevalarni to‘q sariq rangga bo‘yaydigan karotenoidlar organizmning yog‘ to‘qimalarida to‘planadi. Shuning uchun, agar ko‘p sabzi yoki mandarin iste’mol qilinsa, kaftlarning terisi qizarib ketadi.
Ba’zilarini har kuni oz-ozdan iste’mol qilish kerak
Bu guruhga biz asosan o‘simlik ovqatlaridan oladigan suvda eriydigan moddalar kiradi – B, C, P, T guruhlari vitaminlari. Bu fitonutrientlarni zaxiralash mumkin emas. Yozda smorodina ko‘p iste’mol qilinsa, qishda kasal bo‘lmaydi, deb aytishadi. Ilmiy tadqiqotlar bu xalq tabobatini rad etadi: smorodina tarkibidagi biologik faol moddalar uni iste’mol qilgandan so‘ng darhol yo‘q qilinadi. Shuning uchun yil davomida har kuni tanaga fitonutrientlar yetkazib berilishi muhimdir.
Fitonutrientlar ko‘plab kasalliklarning oldini olishga yordam beradi
To‘g‘ri ovqatlanish genetikdan ko‘ra inson salomatligiga ko‘proq ta’sir qiladi. Misol uchun, kuniga 8 ta sabzavot va meva iste’mol qilish yurak xuruji va insult xavfini 30 foizga kamaytirishi mumkin. Kuniga atigi bir porsiya yashil bargli sabzavotlar yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish ehtimolini 11 foizga kamaytiradi.
Hatto eng yaxshi qo‘shimchalar ham meva va sabzavotlarning o‘rnini bosa olmaydi
Har qanday vitamin komplekslari foydali moddalarni o‘z ichiga olgan ekstraktlardir, ammo ular suv va o‘simlik kletchatkasini o‘z ichiga olmaydi. Ya’ni, suv va kletchatka organizmdan toksinlarni olib tashlashga va ovqatni to‘g‘ri hazm qilishga yordam beradi.
Mavzuga doir:
- Parhez vaqtida organizmda tanqisligi kuzatiladigan vitamin va minerallar
- Bahor mavsumida organizm uchun kerak bo‘lgan vitamin va minerallar
- Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan 5 ta vitamin
Manba