Salomatlik Salomatlik Organizmda temir tanqisligidan darak beruvchi 6 ta yashirin alomat

Organizmda temir tanqisligidan darak beruvchi 6 ta yashirin alomat

O'qildi: 324


Organizmda temir tanqisligidan darak beruvchi 6 ta yashirin alomat

Turli darajadagi temir tanqisligi dunyo aholisining 80 foiziga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Quyida uni aniqlash mumkin bo‘lgan alomatlar bilan tanishib chiqish mumkin.

Foto: Pinterest

Temir — organizmning me’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan eng muhim minerallardan biridir. Uning asosiy vazifasi organizm a’zolariga kislorod yetkazib berishdir. Ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining 80 foizida temir tanqisligi turli xil darajada kuzatiladi. Albatta, anemiya kuzatilmasa ham qizil qon tanachalari darajasi tushib ketadi. Ushbu yetishmovchilikni namoyon qiladigan bir nechta yashirin alomatlar mavjud.

Kutilmagan o‘zgarishlar

Chang, loy, kraxmal, karton va hatto ba’zi tozalash vositalari temir tanqisligi bo‘lgan odamlar uchun to‘satdan juda yoqimli ko‘rinishi mumkin. To‘g‘ri, buni kuzatish juda qiyin: odatda bunday qaramliklar homilador ayollarda yoki yosh bolalarda paydo bo‘ladi va boshqalar esa bu kabi g‘alati odatlarga e’tibor bermaydi. Ammo inson buning ustidan nazorat o‘rnatishi va vaqtida shifokorga murojaat qilishi zarur.

Tirnoqlar shaklida o‘zgarish va mo‘rtlashuv

Mo‘rt tirnoqlar nafaqat kalsiy, balki temir yetishmasligidan ham darak beradi. Yana bir o‘ziga xos belgi — tirnoq plastinkasining shakli o‘zgarishi. Agar shunga o‘xshash holat kuzatilsa, shifokorga ko‘rinish va temir darajasini tekshirtirish kerak.

Labning qurishi va yorilishi

Quruq va yorilib ketgan lablar ichki yoki tashqi havoning quruqligi, shuningdek, quyoshning uzoq vaqt ta’sir qilishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Ammo lab burchaklarida gapirish yoki kulishni qiyinlashtiradigan yoriqlar paydo bo‘lsa, bu temir yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Bezovta oyoq sindromi

Shifokorlar bezovta oyoq sindromiga nima sabab bo‘lishini aniq bilmaydi, bu holat oyoqning pastki qismida doimo og‘riq, uyushish yoki tomir tortishish bilan kuzatiladi. Ammo 2013-yilgi tadqiqot temir tanqisligi bo‘lgan odamlarda ushbu sindromga to‘qqiz baravar ko‘proq moyil ekanligini tasdiqladi.

Tilning shishishi

Glossit — bu tilning shishishi va og‘riqli bo‘lishi. Til shunchalik shishadiki, yuzadan kichik so‘rg‘ichlar yo‘qoladi va butunlay silliq holga keladi. Ushbu holatga hamroh og‘izning qurishi, achishi va yutinishning qiyinligi hamroh bo‘ladi.

Muzga intilish

Og‘ir temir tanqisligining eng ko‘p uchraydigan alomatlaridan biri — muz bo‘laklarini so‘rish uchun deyarli nazorat qilib bo‘lmaydigan istak. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, muz tilning shishganini tinchlantirishga yordam beradi.

Mavzuga doir:

  • Ma’yuslik va xafsalasizlikka qarshi: D vitamini tanqisligini bartaraf etishga yordam beradigan ichimlik
  • Ismaloq, yasmiq va temirga boy boshqa 5 ta mahsulot
  • Sog‘lom tishlar va mustahkam suyaklar: kalsiyga boy 10 ta mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.