O‘tirib ishlaydiganlarga ish joyida vazn kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar
Kunini to‘rt soat yoki undan ko‘proq vaqt ofis kreslosida o‘tkazadiganlar uchun bu maslahatlar nafaqat vazn yo‘qotish, balki sog‘liq uchun ham, albatta, kerak.
Foto: “Domashniy ochag”Ko‘pchilikning ish faoliyati o‘tirgan holda kechadi va, afsuski, bu sog‘liq hamda organizm uchun juda yomon. Agar kun 4-6 soat o‘tirgan holatda ishlash bilan o‘tsa, yurak xastaligi, ikkinchi toifa diabet va hatto saratonning ayrim shakllariga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi. Shuningdek, ushbu vaziyatda vazn kamaytirishdan ko‘ra semirish osonroq. Ammo quyida ofisda o‘tirib ishlaydiganlar uchun qanday qilib vazn kamaytirish mumkinligini ma’lum qilamiz.
Taymer o‘rnating
Telefonga har 20 daqiqada chalinadigan signalni o‘rnatib, uni hech qachon e’tiborsiz qoldirmaslik lozim. Hech qanday maxsus mashqlarni bajarish shart emas, buning uchun qo‘shni xonaga, suv uchun sovitkichga yoki choynakni qo‘yish uchun oshxonaga borish talab etiladi. G‘alati, lekin bir necha daqiqa davom etadigan bu tanaffuslar metabolizm, vazn va sog‘liqqa ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mavzuga doir: Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan 5 ta vitamin
Manba