Tabletka o‘rniga dorivor o‘simliklardan tayyorlangan choy: qon bosimni tushiradi, metabolizmni yaxshilaydi
Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan choylar tarkibida ko‘plab minerallar, vitamin va boshqa foydali biostimulyatorlar mavjud bo‘lib, ular shamollash, charchoq, asabiy taranglik va boshqa baʼzi holatlarda farmatsevtika preparatlari bilan raqobatlasha oladi. Bundan tashqari, dorivor o‘simlik damlamalari xushbo‘y va xushtaʼm bo‘ladi.
Gibiskus choyi
Gibiskus ( karkade)Sudan atirguli deb ham ataladi. Bu choy qon tomir devorlarini mustahkamlaydi, umumiy taranglikni tarqatib yuboradi va yengil taʼsirga ega. Tarkibidagi kislota organizmga patogen bakteriyalar va viruslarning kirib kelishini to‘xtatishga yordam beradi. Ammo qon bosim bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlar bitta nyuansni hisobga olishi kerak: qaynoq gibiskus choyi bosimni biroz oshiradi, sovug‘i, aksincha, uni kamaytiradi. Ammo gibiskus ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi, degan daʼvo hozircha ilmiy tasdiqlanmagan.
Gibiskus choyini chinni yoki shisha idishda damlagan maʼqul: metall bilan reaksiyaga kirishganda deyarli barcha foydali moddalar yo‘qoladi. 1 osh qoshiq miqdorida choyni bir stakan qaynatilgan suvga soling.
Naʼmatak choyi
Foto: Lisa
Ajoyib tetiklovchi xususiyatga ega bo‘lgan choy: uning tarkibida limonga qaraganda 30 barobar ko‘proq C vitamini(tabiiy askorbin kislotasi)mavjud. Bundan tashqari, bu choy organizm chidamliligini oshiradi, shamollash bilan kurashishga yordam beradi va siydik yo‘llari kasalliklarida antiseptik taʼsir ko‘rsatadi. Naʼmatak mevasi kamida 3-4 soat termosda yaxshi damlanadi. Qabul qilishdan oldin, dorivor damlamani filtrlash va lozim bo‘lsa, asal bilan shirin qilish kerak.
Rezavorlar va oblepixa barglaridan damlangan choy
Bu dorivor o‘simliklar ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, metabolizmni normallashtiradi, og‘ir kasalliklardan keyin organizm kuchini tiklaydi, ateroskleroz, arterial gipertoniya, revmatizm uchun tavsiya etiladi. Damlama 1 osh qoshiq miqdorida fitomikslar 1 yarim stakan qaynoq suvga solib tayyorlanadi.
Melissa choyi
Bu damlama yurak faoliyatiga foydali taʼsir ko‘rsatadi, qon bosimini pasaytiradi, asabiy taranglikni va mushaklarning spazmlarini mukammal darajada yengillashtiradi, shuningdek, miyaning hujayralarini rag‘batlantiradi. Shamollash vaqtida ham issiq melissa choyini ichish tavsiya etiladi. Shifobaxsh choyni tayyorlash oson. 1 osh qoshiq melissa barglarini 1 stakan qaynoq suvda 30-40 daqiqa qoldiring.
Ammo, dorivor o‘simliklardan tayyorlangan choy qanchalik foydali bo‘lmasin, yodda tuting: allergiya, individual qarshilik holatlarida bilan bunday “davolash usullari”dan foydalanmaslik lozim.
Manba