Nima uchun ovqatdan keyin o‘zingizni yomon his qilasiz, bu holatni bartaraf etish yo‘llari bormi?
Ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bu ovqat hazm qilish organlari faoliyati buzilishining birinchi signalidir. Quyida nima uchun ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi kuzatilishi va noxush holat bilan kurashish usullari haqida bilib olasiz.
Ovqatdan keyin ko‘ngil aynish sabablari
Nega ovqatdan keyin o‘zingizni yomon his qilasiz?Ko‘pincha bu ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarining belgisi, ammo boshqa omillar ham bu noxush holatga olib keladi.
Sabablarni ikki guruhga ajratish mumkin:
- Sog‘lom odamda rivojlanadigan ko‘ngil aynishi
Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli rivojlanishi mumkin. Buni quyidagilar kuchaytiradi:
- Me’yordan ko‘p ovqatlanish;
- Qizarib pishgan va yog‘li ovqatlarni ko‘p iste‘mol qilish;
- Ovqatdan so‘ng darhol bajariladigan faol harakatlar, jismoniy faoliyat;
- Sifatsiz mahsulotlardan yeyish;
Bunday hollarda noxush alomatlardan xalos bo‘lish uchun ovqatlanish xatti-harakatlarini tartibga solish yoki toksik moddalarni qabul qilishni to‘xtatish kifoya.
- Turli kasalliklar tufayli ko‘ngil aynishi
Diyetani tartibga solish kutilgan natijani bermasa, ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi saqlanib qolsa, bu quyidagi kasalliklarning rivojlanishi uchun signal bo‘lishi mumkin:
- Ezofagit(qizilo‘ngach kasalligi);
- Gastrit;
- Ingichka ichakning yallig‘lanishi;
- Gepatit;
- Pankreatit
- Xolelitiyoz;
- Xolesistit;
- Oshqozon yarasi;
- Ichak disbakteriozi.
Ushbu xastaliklarda shifokor ko‘rsatmasi talab etiladi, ular bilan mustaqil kurashish nafaqat samarasiz, balki xavfli hamdir.
- Sog‘lom ayolda ovqatdan keyin ko‘ngil aynishining sababi homiladorlik bo‘lishi mumkinFoto: “Yandex”
Kuniga 2 martagacha ko‘ngil aynishi va qayt qilish homiladorlikning odatiy belgisi. Bordi-yu ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish tez-tez sodir bo‘lsa, bu tibbiy nazoratni talab qiladigan toksikoz bo‘lishi mumkin.
AQSh Milliy Sog‘liqni saqlash instituti olimlari ertalab ko‘ngil aynishdan shikoyat qiladigan homilador ayollarda homila tushish ehtimoli kamroq ekanligini isbot qiluvchi bir qator kashfiyotlar qilishdi. Xullas, olimlarning ta’kidlashicha, ko‘ngil aynishi homilaning tushish xavfini qariyb oltmish foizga, qusish esa sakson foizga kamaytiradi.
Ovqatdan keyin ko‘ngil aynishini his qilsangiz nima qilish kerak?
Dastavval, uning paydo bo‘lishiga yordam beradigan omillarni istisno qilish kerak, xususan:
- Kam-kam, tez-tez ovqatlaning;
- Ovqatdan keyin og‘ir jismoniy zo‘riqishlardan saqlaning(faqat piyoda yurish tavsiya etiladi)
- Yog‘li ovqatlar miqdorini kamaytiring;
- Bug‘da pishirilgan, qaynatilgan, dimlangan taomlarga ustunlik bering;
- Oziq-ovqat mahsulotlarning yaroqlilik muddatini diqqat bilan tekshiring;
- Alkogolli ichimliklar va tamaki iste’molini cheklang;
- Hayz muddati kechikayotgan bo‘lsa, homiladorlik testini o‘tkazib ko‘rishni unutmang.
Ekspert fikri
Ko‘ngil aynishining sabablaridan biri xolesistitdir, deb ta’kidlaydi diyetolog Yuliya Bobeyka. O‘t pufagi — bu jigar hujayralari tomonidan ishlab chiqarilgan konsentrlangan safro zaxirasidir. U juda ko‘p muhim funksiyalarni bajaradi: ovqat hazm qilishda va yog‘ so‘rilishida ishtirok etadi, oshqozon osti bezi fermentlarining faolligini oshiradi, shuningdek, antibakterial vositadir. Ammo shunday bo‘ladiki, o‘t pufagi yallig‘lanadi va xolesistit rivojlanadi.
Uning asosiy belgilari yog‘li ovqatlardan so‘ng ko‘ngil aynish(yog‘li bo‘lishi ham shart emas. Ba’zan biror nima yeyishning o‘zi kifoya qiladi, masalan, yong‘oq), o‘t pufagi joylashgan qovurg‘aning o‘ng tomonida og‘riq, qichishish, og‘izda achchiq ta’m va isitma kuzatiladi. Og‘riq bir maromda kechishi yoki o‘ng qo‘l, o‘ng yelkada ham kuchayishi mumkin.
Xolesistitning rivojlanish sabablari kuchli jismoniy zo‘riqish, stress, ortiqcha ovqatlanishdir. Muammoni aniqlash uchun qorin bo‘shlig‘ini ultratovush tekshiruvi va qon tahlilini o‘tkazish buyuriladi.
Manba