Sog‘lig‘ingizni yaxshilashga yordam beradigan to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari
Ko‘pchilik insonlar to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilmaydi va natijada sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Peopletalk nashri salomatlikni yaxshilashga yordam beradigan ovqatlanish qoidalari haqida ma’lumot berdi.
Foto: “Yandeks.ru”Har bir taomga sabzavot yoki mevalarni qo‘shing
Ovqatlanish ratsioningizga sabzavot yoki mevalarni qo‘shing. Bu juda oddiy va shu bilan birga samarali qoida. Masalan, nonushtada iste’mol qilmoqchi bo‘lgan bo‘tqangizga yoki tvorogga mevalarni, tushlik uchun ratsioningizga sabzavotli salatni qo‘shing, keyin quritilgan mevalar yoki yong‘oqlar qo‘shilgan yegulik iste’mol qiling, kechki ovqat uchun esa, boshqa narsalar qatori, grilda pishirilgan sabzavotlarini ham tayyorlang.
“Tarelka” usulidan foydalaning
Bu usulni kuniga kamida bir yoki ikki marta bajarishga harakat qiling. Tarelkaning 1 dan ikki qismini sabzavot yoki meva, 1 dan to‘rt qismini protein va murakkab uglevodlar bilan to‘ldiring. Bu oqsil, yog‘, uglevod muvozanatini saqlaydi va va porsiya hajmi ham kichikroq bo‘ladi.
Foto: Peopletalk80 ga 20 qoidasiga rioya qiling
Parhezingizning 80 foizi sog‘lomlashtiruvchi mahsulotlardan iborat bo‘lsin. Bu qismda sabzavotlar, mevalar, oqsillar, donalar, o‘simlik moylari mavjud bo‘lgani ma’qul. Qolgan 20 foizini sevimli(to‘g‘ri ovqatlanishga zid bo‘lsa ham)mahsulotlaringizga qoldiring.
Ko‘katlarni iste’mol qiling
Hech bo‘lmaganda bitta asosiy taomga qo‘shimcha ravishda salat yoki sabzavotlar iste’mol qiling. Ko‘proq klechatkalar ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi va ovqatdan keyin to‘qroq tutishga yordam beradi.
Foto: PeopletalkBemahal ovqatlanishdan saqlaning
Doimiy ravishda muzlatgichdan biror narsa olish, har ikki soatda pechenye bilan ishda choy ichish va ovqat tayyorlash paytida ovqatlanish — iloji boricha bu ishlarni qilmagan ma’qul. Iste’mol qilmoqchi bo‘lgan mahsulotlaringizni aniqlab oling, iloji boricha rejadan chetga chiqmaslikka harakat qiling, faqatgina birgina holatda, juda och bo‘lsangiz qo‘shimcha nimadir yeyishingiz mumkin.
Qandli ichimliklarni ichishni kamaytiring
Ratsioningizga ko‘proq suv va shakarsiz ichimliklarni kiriting, ular ancha kaloriyalarni tejaydi. Suyuqliklar yuqori kaloriyaga ega emas, deb qaraladi, ammo bu to‘g‘ri fikr emas. Bundan tashqari, agar siz sutli qahvani yoqtirsangiz, ikkala mahsulotni ham alohida so‘rang va kerakli miqdorda foydalaning.
Uydan tashqarida shirinliklar iste’mol qiling
Agar siz ziyofat yoki restoranda shirinlik iste’mol qilmoqchi bo‘lsangiz, bunday holatda hech qanday taqiq yo‘qligini bilasiz. Biroq uyda shokolad va shirinliklar bo‘lmasin, bu qo‘shimcha va juda yuqori kaloriya vasvasasi hisoblanadi.
O‘zingizga qulay tarzda ovqatlaning
O‘zingizni nonushta qilishga majburlamang. Aslida, ovqatlanishda o‘zingizni biror narsaga majburlashingiz shart emas. Agar ko‘p yillar davomida nonushta qilmagan bo‘lsangiz va buni qilishni boshlash sizga qulay bo‘lmasa, qilmang. Bu holatda boshqa ovqatlarga e’tibor qaratgan ma’qul.
Foto: PeopletalkO‘zingizni qulay his qiladigan darajada suyuqlik iching
O‘zingizni kuniga ikki litr suv ichishga majburlashning hojati yo‘q. Kerakli miqdordagi suyuqlikni iste’mol qilishga harakat qilishingiz kerak, lekin ichgan har bir stakanni hisoblab, o‘zingizni majburlamang. Bundan tashqari, kuniga ikki litr suv ichish kerak, degan fikr xato.
Parhezingizni rejalashtirishga vaqt ajrating
Bir hafta yoki bir kun uchun menyu yozish shart emas. Ammo buni rejalashtirish uchun siz mashg‘ulotdan 1,5 soat oldin ovqatlanishingiz kerak, ya’ni doim o‘zingiz bilan nima olib ketish haqida o‘ylashingiz mumkin. Oldindan sumkangizga bir nechta quritilgan mevalardan qilingan batonlarni solib qo‘ying.
Manba