Salomatlik Salomatlik Legioner kasalligi, suvsizlanish va konditsioner tufayli kelib chiqadigan salomatlik bilan bog‘liq muammolar

Legioner kasalligi, suvsizlanish va konditsioner tufayli kelib chiqadigan salomatlik bilan bog‘liq muammolar

O'qildi: 335


Legioner kasalligi, suvsizlanish va konditsioner tufayli kelib chiqadigan salomatlik bilan bog‘liq muammolar

Tez orada havo harorati ko‘tarilib, garderobni yozgi liboslar egallaydi. Shu bilan birga, xonalarni salqin qilish uchun konditsionerlar faol ish boshlaydi.  Biroq ular issiqlikdan qutqarsa ham, sog‘liqda bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Foto: Grazia

Konditsioner havoni quritadi. Xonadagi havo kondensatordan o‘tadi, natijada undan sovuq havo chiqadi. Agar namlik yuqori bo‘lgan iqlim sharoitida yashasangiz va havo darajasini pasaytirmoqchi bo‘lsangiz, bu yaxshi. Ammo quruq havoda ko‘p vaqt o‘tkazilsa, bu organizmga zarar yetkazishni boshlashi mumkin.

Inson doimo namlikni yo‘qotishi mutlaqo me’yordir, shuning uchun uning o‘rnini vaqtida to‘ldirilish kerak. Agar muhit salqin bo‘lsa, suyuqlik darajasini uzoq vaqt davomida to‘ldirish istagi bo‘lmasligi mumkin. Bularning barchasi suvsizlanishga olib keladi, bu esa bosh og‘rig‘i, charchoq, lablar va teri qurishi va bosh aylanishi kabi bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Teri qurishi

Konditsionerli muhitda ko‘p vaqt o‘tkazadigan odamlar teri qurishi va qichishishini boshdan kechirishi mumkin. Ko‘pincha teri qurishi suvsizlanish bilan yoki boshqa omillar ham sabab bo‘lishi mumkin. Mumkin bo‘lgan sabablardan biri — havodagi zararli moddalarga reaksiya. Buning sababi konditsioner tizimining kerakli darajada ishlamayotgani yoki havo muntazam ravishda almashtirilmasligi natijasida unda kimyoviy moddalar to‘planishiga olib kelishi mumkin.

Nafas olish bilan bog‘liq muammolar

Vaqtining ko‘p qismini konditsionerli xonalarda o‘tkazadigan odamlar boshqalarga qaraganda yuqori nafas olish yo‘llari bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Ko‘rinadigan alomatlar odatda burun bitishi,  tomoq qurishi yoki rinitni o‘z ichiga oladi.

Konditsioner ko‘pincha havo juda quruq bo‘lib qolganligi sababli tomoq shilliq qavatining qurishi va achishish xususiyatini keltirib chiqaradi, bu esa faringit rivojlanishi uchun qulay muhitdir.

Yuqumli kasalliklar

Agar shilliq pardalar quruq bo‘lsa — bu ko‘pincha konditsioner ishlayotganida sodir bo‘ladi, u holda ular o‘zlarining himoya funksiyalarini bajarishni to‘xtatadi, ya’ni virus va bakteriyalarni saqlab qolish qobiliyatini yo‘qotadi. Shuningdek, katta konditsionerlar pnevmoniyaning og‘ir shakliga aylanib ketadigan yuqumli kasallik bo‘lgan legioner kasalligini(legionelleoz)keltirib chiqaradigan o‘ta xavfli va o‘limga olib keladigan bakteriya uchun ko‘payish joyidir.

Allergiya va astma

Astmani keltirib chiqaradigan bir qator omillar mavjud. Ularning ko‘pchiligi ichki havo bilan bog‘liq. Agar konditsionerdagi filtrlar muntazam ravishda tozalansa va qurilma to‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa, bu havodagi allergenlar miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Biroq konditsionerli xonada ko‘p vaqt o‘tkazish tufayli chang va kimyoviy moddalarga duchor bo‘lish mumkin.

Konditsionerda to‘planishi mumkin bo‘lgan namlik tufayli mog‘or paydo bo‘lishi va sporalar qurilmadan havo orqali tarqalishi mumkin. Bu ko‘p odamlarda allergik reaksiyalarni yoki hatto astma xurujini keltirib chiqarishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Quruq va nam yo‘talni davolash uchun uy sharoitida ingalyatsiya retseptlari
  • Sovuq suv ichish mumkin!Tomoq og‘rig‘ida yordam beradigan 10 ta layfxak
  • Immun tizimi uchun qaysi biri xavfliroq: gamburgermi yoki shamollash?
  • Yong‘oq, zarchava va to‘satdan shamollaganda ratsionga kiritish kerak bo‘lgan boshqa mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.