Salomatlik Salomatlik Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik

Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik

O'qildi: 350


Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik

Kuniga 5 gramm tuz kattalar uchun xavfsiz kundalik meʼyor. Afsuski, deyarli barcha meʼyordan sezilarli darajada oshib ketadi. Sogʻliqqa ziyon keltirmaslik uchun shifokorlar kuniga 5 grammdan koʻp tuz isteʼmol qilmaslikni tavsiya etadilar.

Aksariyat odamlar doimiy ravishda koʻp tuz isteʼmol qilayotganini bilmaydi: oziq-ovqatlar tarkibida ham koʻpgina tuz yashirinadi. Tayyor ovqatlar(ayniqsa, fast fudlar)natriyga toʻyingan boʻladi. Tuzni muntazam ravishda ortiqcha isteʼmol qilish sogʻliq uchun oʻta xavfli, bu jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Tuzni har kuni kam isteʼmol qilish orqali sezilarli darajada kamaytirilishi mumkin boʻlgan ayrim kasalliklar roʻyxati bilan tanishing.

Yoshga bogʻliq demensiya

Kolorado universiteti mutaxassislari besh ming koʻngillilar orasida tadqiqot oʻtkazishdi. Kuzatuvlar qondagi natriy darajasi qanchalik baland boʻlsa, kognitiv buzilish xavfi shunchalik yuqori boʻlishini ayon qildi. Tajriba natijalariga koʻra, 65 yoshdan oshgan odamlar tuzni muntazam ravishda koʻp isteʼmol qilsalar, yoshga bogʻliq demensiyaning rivojlanish xavfi 30 foizga ortadi.

Buyrakda toshlar

Haddan tashqari shoʻr taomlarni yeyish peshobdagi protein miqdorini koʻpaytiradi. Bu buyrakda toshlar toʻplanishi bilan keladigan kasalliklarga olib kelishi mumkin boʻlgan asosiy xavf omillaridan biridir. Sizda buyraklar bilan bogʻliq muammo boʻlmasa, sogʻligʻingizni asrash uchun ham kundalik tuz miqdorini nazorat qiling.

Oshqozon yarasi

Oʻz-oʻzidan ortiqcha tuz oshqozon yarasiga zarar yetkazmaydi, ammo agar shilliq qavat “Helicobacter pylori” degan bakteriyalar bilan allaqachon shikastlangan boʻlsa, tuz isteʼmoliga befarq boʻlish yaramaydi.

Gipertoniya

Tuz tanada suyuqlikni ushlab turadi, bu yurak ishlashini qiyinlashtiradi, oqibatda qon bosimi ortadi. Qon bosimi muntazam ravishda koʻtarilsa(130/90 yoki undan yuqori), taomnomadagi tuz miqdorini keskin kamaytiring.


 




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.