Salomatlik Salomatlik 40 yoshdan soʻng hamma isteʼmol qilishi kerak boʻlgan qarishga qarshi 9 ta mahsulot

40 yoshdan soʻng hamma isteʼmol qilishi kerak boʻlgan qarishga qarshi 9 ta mahsulot

O'qildi: 310


40 yoshdan soʻng hamma isteʼmol qilishi kerak boʻlgan qarishga qarshi 9 ta mahsulot

“Biz nimani yesak, o‘shamiz?” Ammo men goʻzallikni isteʼmol qilganimni eslay olmayman!” Terining tiniqligi organizmning ichidan boshlanadi. Qaysi mahsulotlar yoshartiruvchi xususiyatga ega ekanini aytib beramiz, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

Organizm antioksidantlar, foydali yogʻlar, namlikka va muhim oziq moddalar bilan toʻyingan taomlarga muhtoj. Ular bilan teri oʻzini yaxshi his qiladi va ajoyib koʻrinishga ega boʻladi.

Nima uchun terini sogʻlom saqlash muhim?

Teri organizmning eng katta a’zosi boʻlib, koʻpincha ichki muammolar birinchi unda aks etadi. Losyonlar, kremlar va niqoblar bir muddat holatni yaxshilashga yordam bersa-da, muntazam foyda bermaydi. Chunki doimiy zararli ovqatlanish ulardan koʻra kuchliroq taʼsir koʻrsatadi.

Tadqiqotchilar koʻrimsiz yuz va mayda ajinlar uchun goʻzallik salonlaridagi kosmetik muolajalar emas, balki boshqacha parvarish yaxshiroq, degan xulosaga kelishdi. Oʻzingizdagi bu muammolarni oshxonadagi meva va sabzavotlar yordamida hal qilishingiz mumkin. Goʻzallik istaysizmi?Quyida erta qarishga yoʻl qoʻymaydigan mahsulotlar bilan tanishing.

Qizil bulgʻor qalampiri

Qizil bulgʻor qalampiri antioksidantlar, qarishga qarshi ajoyib tarkib bilan toʻyingan. Bunda kollagen ishlab chiqarish uchun foydali boʻlgan C vitamini yuqori boʻlishidan tashqari, qizil bulgʻor qalampirida karotenoidlar deb ataladigan kuchli antioksidantlar mavjud.

Foto: “Noviy ochag”

Karotenoidlar yorqin qizil, sariq, toʻq sariq ranglar uchun javob beradigan oʻsimlik pigmentlari boʻlib, koʻplab meva va sabzavotlar tarkibida mavjud. Ular yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega. Shu bilan birga terini quyoshning zararli nurlari taʼsiridan, ifloslanishdan va atrof-muhit toksinlaridan himoya qilishga yordam beradi.

Papaya

Papayani eng xavfsiz “superfud” deb atash mumkin. Turli xil antioksidantlar, vitaminlar va minerallarga boy mazali ozuqa. Ular, oʻz navbatida, teri choʻziluvchanligini yaxshilashga, ajinlarni kamaytirishga yordam beradi. Papaya quyidagi mikroelementlarni oʻz ichiga oladi:

  • A, C, K va E vitaminlari;
  • Kalsiy;
  • Kaliy;
  • Magniy;
  • Fosfor;
  • B vitaminlari.Foto: “Noviy ochag”

Papayadagi antioksidantlarning keng assortimenti qarish jarayonini sekinlashtiradi. Papayada papain fermenti ham mavjud. U eng yaxshi tabiiy yalligʻlanishga qarshi vositalardan biridir.

Shunday qilib, papaya isteʼmol qilish(yoki tarkibida papain boʻlgan mahsulotlardan foydalanish)tanadagi oʻlik teri hujayralarini yoʻqotishga, yangi hujayralarning paydo boʻlishiga yordam beradi.

Chernika

Bu meva salomatlik uchun qanchalik foydali ekanligini deyarli hamma biladi: boshdan oyoq uchigacha. Chernika A va C vitaminlariga, shuningdek, “antosiyanin” deb ataladigan antioksidantga boy. Bu ferment chernikani tiniq toʻq koʻk rangga boʻyaydi.

Foto: “Noviy ochag”

 

Ushbu kuchli antioksidantlar yalligʻlanish reaksiyasini yumshatadi, kollagen yoʻqotilishining oldini olish orqali terini quyosh, stress va ifloslanish taʼsiridan kelib chiqadigan shikastlanishdan himoya qilishga yordam beradi. Fursat tugʻilishi bilan chernika isteʼmol qiling! Smuzi, yogurt yoki bir oz asal bilan qoʻshib yeyish mumkin.

Brokkoli

Brokkoli oʻzining “taʼmsiz ammo foydali sabzavot” sifatida tanilishiga qaramay, organizm uchun zarur oziq-ovqat turidir. Yalligʻlanishga qarshi va beminnat yoshartiruvchi bu mahsulotda:

  • C va K vitaminlari;
  • Turli xil antioksidantlar;
  • Klechatka;
  • Foliy kislotasi;
  • Lutein;
  • Kalsiy moddalari bor.Foto: “Noviy ochag”

Organizm kollagen ishlab chiqarishi har doim uchun C vitaminiga muhtoj. Ammo bu terining asosiy oqsili boʻlib, unga mustahkamlik, struktura va elastiklik beradi! Luteinning ozuqaviy moddasi miya salomatligi, shuningdek, K vitamini va kalsiyning yaxshi soʻrilishi bilan bogʻliq. Bu moddalar, oʻz navbatida, suyak salomatligi va osteoporozning oldini olish uchun zarurdir.

Ismaloq

Foto: “Noviy ochag”

 

Ismaloq bizning mamlakatda juda mashhur. Bu oʻsimlik antioksidantlar bilan toʻliq toʻyinganini hamma ham bilavermaydi. Ismaloq quyidagi vitaminlarni oʻz ichiga oladi:

  • A, C, E va K vitaminlari;
  • Magniy;
  • Temir;
  • Lutein.

Ismaloq tarkibidagi C vitaminining yuqori miqdori kollagen ishlab chiqarishni kuchaytiradi va A vitamini sochlarni chiroyli va mustahkam qiladi. Olimlar K vitamini hujayralardagi yalligʻlanish darajasini pasaytirishini bir necha bor aniqladi.

Yongʻoqlar

Quruq mevalarning turli xillari(ayniqsa, bodom)E vitamini manbai boʻlib, epidermal toʻqimalarni tiklashga yordam beradi, teridagi namlikni saqlaydi va uni ultrabinafsha nurlarining zararli taʼsiridan himoya qiladi.

Foto: “Noviy ochag”

 

Yongʻoq tarkibidagi yalligʻlanishga qarshi Omega-3 yogʻ kislotalari quyidagilarga yordam beradi:

  • Teri hujayra membranalarini mustahkamlaydi;
  • Quyosh nurlaridan himoya qiladi;
  • Teri mustahkamligini oshiradi, uning serjilo boʻlishini taʼminlaydi.

Yongʻoqlar quyidagilar bilan bogʻliq kasalliklarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi:

  • Yongʻoq yurak kasalliklari, pista ikkinchi toifadagi diabet xavfini kamaytiradi;
  • Bodom keksalarda kognitiv pasayishning oldini oladi.

Avokado

Avakadoda terining silliqligi, mustahkamligini taʼminlaydigan yogʻ kislotalari koʻp. Shu bilan birga qarish taʼsirini oldini oladigan bir qancha muhim ozuqaviy moddalar bor. Ular orasida:

  • K, C, E va A vitaminlari;
  • B vitaminlari;
  • Kaliy moddasi mavjud.

Avakado tarkibidagi A vitaminining katta miqdori oʻlik teri hujayralarini yoʻq qilishga yordam beradi. Karotinoidlarning koʻpligi toksinlar va quyosh nurlarini blokirovka qilishga yordam beradi, natijada teri saratonidan himoya qilinadi.

Foto: “Noviy ochag”

 

Avokadoni yuzga surtish mumkinligi haqida gapirmasa ham boʻladi. Avakado pulpasi qizarishni kamaytirishga va epidermisning yuqori qatlamlarini namlik bilan toʻyintirishga yordam beradigan ajoyib oziqlantiruvchi niqobdir.

Shirin kartoshka

Shirin kartoshkaning toʻq sariq rangi organizmda A vitaminiga aylanadigan beta-karotin deb ataladigan antioksidantga bogʻliq.

Foto: “Noviy ochag”

 

A vitamini terining elastikligini tiklaydi, hujayralar almashinuvini ragʻbatlantiradi, natijada uni yumshoq va sogʻlom qiladi. Bu mazali ildiz sabzavot(doʻkonlardan topish qiyin emas)C va E vitaminlarining ajoyib manbai hamdir. Ular yuz rangini yorqin saqlaydi.

Shirin kartoshkani bugʻlash, qovurish, pyure qilish, hatto, tosterda pishirish mumkin!

Anor

Anor asrlar davomida dorivor meva sifatida ishlatilgan. Tom maʼnoda Qadimgi Yunoniston davridan beri!

Foto: “Noviy ochag”

 

C vitaminiga va turli xil kuchli antioksidantlarga boy anor donalari organizmni zararlanishdan himoya qiladi, yalligʻlanishlarni kamaytiradi. Ushbu meva terida kollagenni saqlaydigan va qarish jarayonini sekinlashtirishga masʼul boʻlgan “punicalaginlar” deb ataladigan birikmani ham oʻz ichiga oladi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, anor ichak bakteriyalari bilan oʻzaro reaksiyaga kirishganda hosil boʻladigan “urolitin” deb ataladigan birikma hujayralarni yoshartirishga xizmat qiladi. Bu bilan olimlar, hatto, kalamushlarda mushaklarning qarish jarayonini sekinlashtirishga muvaffaq boʻlishdi!

Mavzuga oid:

  • Kolbasa, margarin va qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan boshqa 5 mahsulot
  • Sog‘lom keksalikning kaliti: temir moddasini o‘z ichiga olgan mahsulotlar




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.