Salomatlik Salomatlik Qimmatbaho yeguliklarning o‘rnini bosuvchi 6 ta mahsulot

Qimmatbaho yeguliklarning o‘rnini bosuvchi 6 ta mahsulot

O'qildi: 231


Qimmatbaho yeguliklarning o‘rnini bosuvchi 6 ta mahsulot

To‘g‘ri ovqatlanishning qimmatga tushishi bu yanglish fikr. Haqiqatan ham Gollivud yulduzlarining maslahatlariga qaralsa, to‘g‘ri ovqatlanish hashamatga o‘xshaydi. Maslahatlardan ma’lumki, eng yaxshi nonushta kinoa, oqsilning asosiy manbai ustritsa va yoshlik siri ba’zi ekzotik rezavorlarda yotadi. Ammo taqdim etilgan qimmatbaho mahsulotlar deyarli har doim ratsionda hamyonboplariga almashtirilishi mumkin. “Noviy ochag” nashri ularning bir nechtasini sanab o‘tdi.

 

Syomga o‘rniga keta

Foto: “Noviy ochag” 

 

Syomga omega-3 yog‘ kislotalarining eng muhim manbalaridan biridir. Ular teri va sochning holatini, yurak-qon tomir tizimining sog‘lig‘ini va boshqa narsalarni yaxshilashga yordam beradi. Ammo bu baliqlar ko‘pincha sun’iy suv omborlarida yetishtiriladi. Qolaversa, deyarli ikki barobar qimmatga tushadi. Keta baliqlari esa aksincha, ularni har qaysi mavsumda topish ham, xarid qilish ham oson. Foyda jihatidan syomga bilan tenglasha oladi.

Kinoa o‘rniga grechka

Foto: “Noviy ochag” 

 

Kinoa — Janubiy Amerika o‘simlikining mevasidan olinadigan don. Kinoa pyuresi aktrisa Gvinet Paeltrou va boshqa mashhurlar tomonidan nonushta uchun tavsiya etiladi. Kinoa haqiqatan ham oqsil, B guruhi vitaminlari va temirga boy. Ammo undan o‘n barobar arzon bo‘lgan oddiy grechka ham oqsil, vitamin va temirga boy. Kinoada ko‘proq temir mavjud bo‘lsa-da, grechka ham to‘g‘ri ovqatlanish uchun yetarli.

Import qilinganlari o‘rniga mahalliy pishloqlar

 Foto: “Noviy ochag”  

 

Pishloq — kalsiy(ayniqsa, qattiq navlar), oqsil va shunchaki zavq manbai. Shu bilan birga, import qilingan pishloqlar sezilarli darajada qimmat. Ularning shoshilinch ravishda ishlab chiqilgan mahalliy o‘rinbosarlari ham arzon, ham foydali. Ularni ham chetdan kirib kelgan qimmatbaho pishloqlar o‘rniga iste’mol qilish mumkin.

Super mahsulotlar o‘rniga vitaminlarning taniqli manbalari

Foto: “Noviy ochag”  

 

Goji mevalari, chia urug‘lari — har yili bu kabi yangi super mahsulotlar nomi kengayib boradi. Ya’ni insoniyat ilgari eshitmagan ekzotik mahsulot birdaniga abadiy yoshlik va salomatlikni kafolatlashi ma’lum bo‘lib bormoqda. Ayni paytda yangi rezavorlar yoki urug‘lar qimmatbaho metallar narxida. Shu bilan birga, foydali yog‘ kislotalari tarkibiga ko‘ra, zig‘ir urug‘lari chiaga yaqin. Goji mevasi vitaminlarga boy, ammo klyukva va na’matak ham shunday. Albatta, bir qoshiq klyukva o‘z-o‘zidan vazn yo‘qotish, abadiy yoshlik va salomatlik uchun yordam beradi va yuqoridagilarning o‘rnini bosadi.

Zaytun yog‘i o‘rniga kungaboqar yog‘i

Foto: “Noviy ochag”  

 

Marketologlar xaridorlarni zaytun yog‘i eng foydali ekaniga ishontiradi. Aslida qayta ishlanmagan zaytun va kungaboqar yog‘larida foydali yog‘li kislotalar va vitaminlar to‘plami boshqacha. Ba'zi parametrlar uchun biri ustun kelsa, boshqalari uchun ikkinchisi. Ma’lum bo‘lishicha, kungaboqar va zaytun yog‘ini almashtirish to‘g‘ri ovqatlanish uchun ham, hamyon uchun ham foydalidir.

Qimmatbaho ekzotik mevalar o‘rniga mavsumiy meva va sabzavotlar

Mavsumiy meva va sabzavotlar foydali, mazali va arzon ekanini hamma biladi. Muammo shundaki, ko‘pchilik ulardan tezda zerikib, g‘ayrioddiy narsa pishirishni yoki restoranga borishni afzal ko‘radi. Ammo muzlatkichda to‘la turgan foydali mahsulotlar qolib, pulni qimmatlariga sarflash to‘g‘ri emas. Aslida oddiy mahsulotlardan yangi taom tayyorlashni tajriba qilib ko‘rish kerak. Bu sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishning muhim elementidir. 




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.