Yurak kasalliklari, miya faolligi pasayishi va o‘lim xavfining ortishi: uyqusizlik qanday jiddiy oqibatlarga olib keladi?
Uyqusizlik insonni asabiylashtirishi hammaga ma’lum. Ammo uning yana hayot, xotira, sog‘liq, tashqi ko‘rinish va vazn kamaytirishga qanday ta’sir qilishi mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi, deb yozadi Elle.
Foto: PinterestUyqusizlik baxtsiz hodisalarga olib keladi
Uyqusizlik yo‘lda jamoat xavfsizligiga katta tahdiddir. Bu haydovchining mashinani xuddi mast holda haydash kabi sekinlashtirishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, uyqusizlik va sifatsiz uyqu ishdagi baxtsiz hodisalar va jarohatlarga olib keladi. Tadqiqotlarning birida kunduzgi uyquchanlikdan shikoyat qilgan ishchilar ko‘proq baxtsiz hodisalarga duch kelgan.
Uyqusizlik miya faolligini pasaytiradi
Uyqu fikrlash va o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmasligi ko‘plab kognitiv jarayonlarga zarar yetkazadi. Birinchidan, uyqusizlik e’tibor, hushyorlik, diqqatni jamlash, fikrlash va muammolarni hal qilishga ta’sir qiladi. Bu samarali bilim olishni qiyinlashtiradi.
Ikkinchidan, tun davomida turli xil uyqu davrlari ongdagi xotiralarni qayta ishlashda rol o‘ynaydi. Agar yetarlicha uxlamasangiz, kun davomida nimani o‘rganganingizni eslay olmaysiz.
Uyqusizlik jiddiy sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin
Uyquning buzilishi va surunkali uyqusizlik quyidagilarga olib kelishi mumkin:
- yurak kasalliklari;
- yurak xuruji;
- yurak yetishmovchiligi;
- noto‘g‘ri yurak urishi;
- yuqori qon bosimi
- insult;
- qandli diabet.
Uyquchanlik tushkunlikka olib keladi
Vaqt o‘tishi bilan tungi dam olishning yetishmasligi va uyqu buzilishi depressiyaning rivojlanishiga yordam beradi. 2005-yilda Amerikada o‘tkazilgan uyqu so‘rovnomasiga ko‘ra, depressiya yoki xavotir tashxisi qo‘yilgan odamlar odatda kechasi olti soatdan kam uxlagan.
Eng keng tarqalgan uyqu buzilishi va uyqusizlik depressiya bilan eng kuchli aloqaga ega. 2007-yilda 10 000 kishi ishtirok etgan tadqiqotda uyqusizlikdan aziyat chekkanlar depressiyaga uchramaganlarga qaraganda besh baravar ko‘p bo‘lgan. Aslida bu ko‘pincha depressiyaning birinchi alomatlaridan biridir. Uyqusizlik va depressiya bir-biridan oziqlanadi. Uyqusizlik ko‘pincha depressiya alomatlarini kuchaytiradi va uxlashni qiyinlashtiradi. Biroq uyqu muammolarini davolash depressiya va uning belgilarida ham yordam beradi.
Uyqusizlik terini qaritadi
Ko‘pchilik bir necha kecha uyqusizlikdan keyin sarg‘ish teri va shishgan ko‘zlarni ko‘radi. Ammo ma’lum bo’lishicha, surunkali uyqusizlik terining xiralashishi, ajinlar va ko‘z ostidagi qora doiralarning doimiy ravishda paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Agar inson yetarlicha uxlamasa, organizm stress gormoni kortizolini ko‘proq chiqaradi. Ortiqcha kortizol teri kollagenini, terini silliq va elastik saqlaydigan oqsilni parchalashi mumkin.
Uyqusizlik organizmda o‘sish gormonini juda kam miqdorda ajralib chiqishiga olib keladi. Yoshlarda bu gormon o‘sishni rag‘batlantiradi. Yosh o‘tishi bilan bu mushak massasini oshirishga, terining qalinlashishiga va suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi.
Uyqusizlik vazn ortishiga olib keladi
Uyqusizlik ochlik va ishtahaning kuchayishi hamda semirish bilan chambarchas bog‘liq. 2004-yilda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, bir kecha-kunduzda olti soatdan kam uxlagan odamlarning semirish ehtimoli yetti soatdan to‘qqiz soatgacha uxlaganlarga qaraganda 30 foizga ko‘proq. Ko‘rinib turibdiki, uyqusizlik ishtahani yo‘qotibgina qolmay, yog‘ va uglevodlarga boy bo‘lgan mahsulotlarga ishtiyoqni keltirib chiqaradi.
Uyqusizlik o‘lim xavfini oshirishi mumkin
Whitehall Study II da ingliz tadqiqotchilari yigirma yil davomida 10 000 dan ortiq britaniyalik davlat xizmatchilarining o‘limiga uyqu rejimi qanday ta’sir qilganini o‘rganib chiqdi. 2007-yilda e’lon qilingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, uyquni kechasi yetti soatdan besh soatgacha yoki undan kamroq vaqtga qisqartirganlar o‘lim xavfini deyarli ikki baravar oshiradi.
Uyqusizlik fikrlash qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi
Uyquning yetishmasligi voqealarni tahlil qilishga ta’sir qilishi mumkin. Bu esa to‘g‘ri xulosa chiqarish qobiliyatiga putur yetkazadi, chunk vaziyatlar to‘g‘ri baholanmaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, vaqt o‘tishi bilan yetti yoki sakkiz soat o‘rniga olti soat uxlaydigan odamlar o‘zini uyqusizlikka moslashgandek his qila boshlaydi va bunga ko‘nikib qoladi. Ammo ularning aqliy hushyorlik darajasi tekshirilsa, natijalar pasayib borayotgani ma’lum bo‘ladi.
Manba