Tunda limon sharbati ichish natijasida vazn kamayishi rostmi?
Kechasi limon sharbatini ichish juda foydali. Bu organizmni virusli kasalliklardan himoya qiladi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va vazn kamaytirishga yordam beradi, deb yozadi Wday.
Foto: WdayYotishdan oldin ichilgan limon sharbati barcha metabolik jarayonlarni tezlashtiradi, metabolizmni yaxshilaydi. Shu tufayli odam vazn yo‘qotadi. Limon sharbati kun davomida iste’mol qilingan kaloriyalarni faol ravishda eritadi. Bunday ajoyib ta’sirga erishish uchun kechqurun sitrus mevaning bir nechta bo‘lagini iste’mol qilish kifoya. Yoki uning sharbatini siqib olib, bir stakan suvda suyultirish mumkin. Maksimal ta’sirga erishish uchun ushbu nordon ichimlikka ozgina asal qo‘shish metabolik jarayonlarga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Ammo sof shakldagi limon sharbatini ichish tavsiya etilmaydi. Bu bilan vazn kamaytirish jarayoni tezlashmaydi, balki oshqozonga zarar yetadi, chunki juda nordon sharbat kislotalilik darajasiga salbiy ta’sir qiladi.
Limon iste’mol qilingach yoki limonli suv ichgandan keyin har doim tishlarni yuvish lozim. Chunki limon sharbati tish emalini yemiradi. Limonli suv iliq bo‘lishi kerakmi yoki sovuq ichish yaxshiroqmi degan bahs hali ham mavjud. Parhezshunoslarning ta’kidlashicha, sovuq suv metabolizmni tezlashtiradi. Ammo ba’zi shifokorlar sovuq suv ichish zararli bo‘lib, iliq suv vazn yo‘qotish uchun yaxshiroq ekanini ma’lum qildi, chunki buning natijasida organizmdagi yog‘ eritish jarayonlari faollashadi.
Nordon sariq meva tarkibidagi moddalar tufayli yog‘ erishiga yordam beradi: limon kislotasi, askorbin kislotasi va pektinlar.
Limon sharbatini ichish darhol organizmdan suyuqlikning chiqishini kuchaytiradi, shishdan xalos qiladi. Limon qonda shakar darajasini va ochlikni kamaytiradi. Ichak mikrobiomasida ijobiy o‘zgarishlar tufayli ovqat hazm qilish va kayfiyat yaxshilanadi.
Gastrit bilan og‘rigan odamlar uchun limonni muntazam iste’mol qilish mumkin emas. Tishlar emalini shikastlamaslik uchun limonli suvni trubochka orqali ichish tavsiya etiladi. Limon ko‘pincha allergiya xurujiga sabab bo‘ladi. Asal, yalpiz va zanjabil bilan birga choyga limon qo‘shib ichish shamollashda foydali hisoblanadi.
Limonning samaradorligini boshqa mahsulotlar bilan birlashtirish orqali oshirish mumkin
- Sarimsoq va limon maydalanadi. Ustidan 1,5 litr suv quyiladi. Yotishdan oldin bir stakan ichiladi.
- Yupqa to‘g‘ralgan bodring, 1 osh qoshiq zanjabil, limon bo‘laklari, yangi yalpizning 2-3 bargi va 10 stakan suv quyiladi. Yotishdan oldin va kun davomida ichish tavsiya etiladi.
- 1 osh qoshiq dolchinga 1 osh qoshiq qaynoq suv quyiladi. Xona haroratida soviganida, 1 osh qoshiq asal va bir tilim limon solinadi. Uyquga yotishdan oldin ichiladi.
Vazn kamaytirish uchun limon sharbati ichish haqiqatan ham samarali vositadir. Albatta, mo‘jizaga umid qilmaslik kerak. Limondan tashqari to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy mashqlarga ham rioya qilish kerak.
Manba