Salomatlik Salomatlik Varikoz tomirlari tufayli oyoqdagi og‘riqni qanday yengillashtirish mumkin?

Varikoz tomirlari tufayli oyoqdagi og‘riqni qanday yengillashtirish mumkin?

O'qildi: 293


Varikoz tomirlari tufayli oyoqdagi og‘riqni qanday yengillashtirish mumkin?

Og‘ir ish kuni, uzoq yurish va jismoniy zo‘riqishlardan so‘ng oyoqlar sezilarli darajada charchaydi va og‘riy boshlaydi. Ko‘pincha oyoqlardagi og‘riq va noqulaylik uxlab qolishga to‘sqinlik qiladi. Bularning barchasiga chidash nafaqat foydasiz, balki zararli hamdir, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: Pinterest

Varikoz tomirlari chiqishining sabablari

Hech kim bu kasallikka qarshi immunitetga ega emas. Kun bo‘yi tik oyoqda ishlash, mashina haydash, kompyuterdan foydalanish va og‘ir jismoniy mehnat qilish ushbu kasallik xavfini tug‘diradi. Ayollarda varikoz tomirlari ko‘pincha homiladorlik va tug‘ish paytida stress tufayli rivojlanadi. Shuningdek, qo‘zg‘atuvchi omillarga ortiqcha vazn, gormonal nomutanosiblik, shu jumladan balog‘at yoshi, menopauza davrlari, gormonal dorilarni qabul qilish, issiq joyda ishlash, hammom va saunalarga tashrif buyurish kiradi.

Varikoz tomiri chiqishiga genetik moyilligi va tayanch-harakat tizimining turli xil deformatsiyasi bo‘lganlar kiradi: yassi oyoqlar, umurtqa pog‘onasi egriligi kabi. Ko‘pincha varikoz tomirlari va gemorroy bir vaqtning o‘zida rivojlanadi yoki bir kasallik ikkinchisining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Nima uchun oyoqlar varikoz tomirlari chiqqanda og‘riydi?

Inson tik holatda harakatlanadigan mavjudotdir. Shuning uchun tik turgan holatda harakatlanishiga yordam beradigan mexanizm mavjud. Oyoq mushaklari qisqarganda, ular tomirlarni siqib chiqaradi, qon ko‘tariladi. Vena klapanlari qonning orqaga oqishining oldini oladi. Agar turli sabablarga ko‘ra, klapanlar o‘z vazifalarini kerakli darajada bajarishni to‘xtatsa, qon turg‘unlasha boshlaydi. Qon bosimi ostida tomirlar cho‘zilib ketadi, tomirlarning devorlari elastikligini yo‘qotadi. Shu bilan birga, venoz devorlari yallig‘lanadi, qon turg‘unlashadi, bu yallig‘lanish jarayonini yanada kuchaytiradi.

Varikoz tomirlarining noqulayligi va og‘rig‘ini qanday kamaytirish mumkin?

Buning uchun tomirlar devorlariga qon bosimini kamaytirish, tomirlarning elastikligini tiklashga harakat qilish va ularning ishini rag‘batlantirish kerak.  Shuni esda tutish kerakki, ayrim usullar og‘riqni yengillashtiradi, ammo varikoz tomirlarining sababini bartaraf etmaydi. Davolash uchun flebolog yoki yurak-qon tomir jarrohiga murojaat qilish kerak. Og‘riqni yo‘qotish usullari varikoz tomirlarining oldini olish uchun ham qo‘llanilishi mumkin:

Oyoqlarni yuqoriroq qo‘yish. Buning uchun oyoqlari ostiga yostiq qo‘yish mumkin. Yetarlicha qulay bo‘lish va tizzalar ostidagi tomirlarga ko‘p bosim o‘tkazmaslik muhimdir.

Sovuq va issiq dush. O‘rtacha issiq va sovuq suvning almashinuvi qon aylanishini rag‘batlantiradi va qon tomirlarining devorlarini mustahkamlaydi. Haroratni asta-sekin tushirish tavsiya etiladi.

Oyoqlarni sovuq suv bilan yuvish. Kontrastli dush yoki sovuq suv bilan yuvish orqali ham og‘riqdan xalos bo‘lish mumkin. Sovuq dush ostida 2-3 daqiqa bo‘lish og‘riqni bir muddat yengillashtirishga yordam beradi.

Massaj. Massaj bilan ehtiyot bo‘lish kerak, chunki varikoz tomirlari uchun o‘ta yumshoq massaj buyuriladi. Harakatlar silliq, yengil bo‘lishi kerak. Bo‘rtib chiqqan tomirlar mavjud bo‘lgan joylarni massaj qilish taqiqlanadi. Massajni faqat moyil holatda ish kunidan keyin dam olgandan keyin boshlash mumkin. Agar ertalab massaj qilishni istasangiz, unda birinchi navbatda oyoqlar uchun gimnastika qilish kerak. Shu orqali tomirlardagi qon bosimini pasaytirish mumkin. Taxminan 10 daqiqa dam olishiz kerak. Shundan keyingina massajni boshlash mumkin. Massaj qilish 7 daqiqadan oshmasligi kerak. So‘ngra yana gorizontal holatda qolish va oyoqlarini ko‘tarib, 5-10 daqiqa davomida yotishkerak.

Yurish. Ko‘pincha og‘riq odamning uzoq vaqt davomida tik turgan yoki o‘tirganligi sababli paydo bo‘ladi. Bunday holda biroz yurish kerak. Oyoqlar juda og‘rigan bo‘lsa ham. Yurish paytida mushak-venoz ishlaydi va tomirlar turg‘un qondan chiqariladi.

Suzish. Suv aerobikasi yoki tinch suzish mushak-venozning ishini mukammal darajada rag‘batlantiradi, bundan tashqari, suv oyoqlarni bo‘shashtiradi va sovitadi.

Velosipedda yurish. Velosiped haydash paytida oyoqlarning harakati varikoz tomirlari uchun kerak bo‘lgan narsadir. Ammo zo‘riqish o‘rtacha bo‘lishi kerak.

Gimnastika. Ertalab va kechqurun oyoqlar uchun mashqlarni bajarish tavsiya etiladi: oyoqlarni aylana shaklida aylantirish, oyoq barmoqlarining egish va kengaytirish kabi. Ushbu usullar og‘riqni butunlay qoldirmasa-da, biroz yengillik beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.