Sog‘lom ovqatlanishga haddan ortiq berilib ketish natijasida organizmga qanday zarar yetishi mumkin?
Ayrim vaqtlarda hatto sog‘lom ovqat ham organizmga zarar yetkazishi mumkin. Agar inson biror narsaga qattiq qiziqib qolsa, u hayotning boshqa tomonlarini o‘ylamay qo‘yadi va faqat oziq-ovqatga e’tibor qaratadi.
Nega PP organizmga zarar yetkazishi mumkin?
Foto: GraziaInternet va ijtimoiy tarmoqlarda bir necha soat vaqt sarflab, PP(sog‘lom ovqatlanish)haqida ko‘p narsa bilib olish mumkin: shakar, yog‘, tez uglevodlar, shuningdek, oziq-ovqat qo‘shimchalari, bo‘yoqlar, konservantlar va GMOlar mukammal qomat va salomatlikning haqiqiy dushmanlari. Shuning uchun ularni istisno qilish kerak. Faqatgina sabzavot, mevalar, yog‘siz sut mahsulotlari, tovuq to‘shi, salat va zaytun moyini iste’mol qiling.
Ammo hammasi me’yorida bo‘lgani yaxshi. Ozish maqsadida ko‘pchilik boshqa ovqatlardan voz kechishni boshlaydi, o‘zlariga haddan ortiq talabchan bo‘lishadi.
Natijada “sog‘lom” ovqatga shunchalik katta ahamiyat berishadiki, u ortoreksiya nervozasining rivojlanishiga olib keladi.
Ortoreksiya nima?
Foto: GraziaOKB — obssesiv-kompulsiv buzilishi natijasida mutlaqo yangi ovqatlanish bilan bog‘liq muammodir.
Agar OKB bilan og‘rigan odam kuniga yuz marta qo‘llarini yuvishi mumkin bo‘lsa, ortoreksiya bilan og‘rigan odam oziq-ovqat orqali sog‘lig‘ini maksimal darajada oshirishni xohlaydi. Shuning uchun u ovqat sifatiga e’tibor qaratadi, uning foydalari haqidagi bo‘lmag‘ur gaplarga chin dildan ishonadi. Burger iste’mol qilish istagi qo‘rquvni keltirib chiqaradi va o‘ziga mos retseptlar topish, pishirish va ovqat haqida o‘ylashga juda ko‘p vaqt ajratadi. Natijada hayotning ko‘p qismi oziq-ovqat va “yomon” oziq-ovqat bilan bog‘liq qo‘rquvlar atrofida aylana boshlaydi.
Ratsionni qanday tuzish kerak?
Ratsion turli xil ovqatlardan iborat bo‘lishi kerak: biri bizni to‘ydiradi, ikkinchisi quvonch keltiradi, uchinchisi esa organizmni vitaminlar bilan boyitadi. “Yaxshi” yoki “yomon” ovqat bo‘lmaydi, bu sizning unga qanday munosabatda bo‘lishingiz bilan bog‘liq.
Agar diyetada meva va sabzavotlar, go‘sht va baliqlar, yong‘oqlar va donlar, o‘simlik moylari va sut mahsulotlari bo‘lsa, juda yaxshi. Ammo mahsulot tanlashda o‘zingizni cheklamang, oziq-ovqat quvonch keltirsin, muloqotga, organizmni energiyaga to‘ldirsin va yangi ta’mlarni kashf qiling.
Foto: GraziaOvqatlanish bo‘yicha qaysi odatlarga amal qilish lozim?
- Yomon ovqat degan narsa bo‘lmasligini yodda tuting. Go‘sht mushaklar uchun zarur, non energiya, shokolad esa ajoyib kayfiyat beradi.
- Ochlik his qilmasdan biror narsa yeyishdan oldin, keyin o‘zingizni qanday his qilishingizni tasavvur qiling — ham jismoniy, ham psixologik.
- Ovqat mazali, ajoyib va qiziqarli ekanini unutmang. Degustatsiya tashkil qiling. 5 xil pishloq, 4 xil bodring, 7 xil olma. 10 balli tizimda baholang. Bir oy ichida 10 ta yangi taomni sinab ko‘ring va baholang.
- Ehtiyotkorlik bilan ovqatlanishni mashq qiling. Mahsulotlar haqidagi bilimlaringizni va sog‘lom ovqatlanish orqali tanani tinglashni va uning signallarini eshitishni o‘rganing.
Manba