Salomatlik Salomatlik Lavlagi, tuxum va dori vositalarining o‘rnini bosadigan boshqa tabiiy mahsulotlar

Lavlagi, tuxum va dori vositalarining o‘rnini bosadigan boshqa tabiiy mahsulotlar

O'qildi: 279


Lavlagi, tuxum va dori vositalarining o‘rnini bosadigan boshqa tabiiy mahsulotlar

Tibbiyot hali rivojlanmagan vaqtlarda shifokorlar bemorlarni tabiiy mahsulotlarning kombinatsiyasi bilan davolagan. O‘shandan keyin ushbu oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat ochlikni qondirishda, balki dori sifatida ham qo‘llanila boshlandi. “Noviy ochag” nashri dori vositalarining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Yo‘talda

Foto: “Noviy ochag”

Bir necha bo‘lak qora shokolad yo‘talga qarshi siroplaridan ancha samarali. Xal universiteti tadqiqoti shuni tasdiqladiki, muolajaning bir qismi bo‘lgan tebromin alkaloidi yo‘talni kodeinga qaraganda ancha yaxshi tinchlantiradi, shunchaki halqumning nervlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kuchli bosh og‘rig‘ida

Foto: “Noviy ochag”

Kuchli bosh og‘rig‘ida yashil suv o‘tlari — xlorella juda yaxshi kurashadi. Bu o‘simlik barcha raqobatchilarni bir haqiqat bilan mag‘lub qiladi: uning tarkibida ko‘p miqdorda bo‘lgan xlorofil mavjud. Suv o‘tlari kukuni dorixonalarda sotiladi, uni suv va limon bilan aralashtirib, ichish va og‘riqdan xalos bo‘lish mumkin.

Kariyesda

Foto: “Noviy ochag”

Lavlagi sharbati — tishlarni kariyesdan himoyalaydigan, emalni mustahkam va tashqi ta’sirlarga chidamliroq qiladigan mahsulot. Gap nitrat kislota tuzlari haqida ketmoqda, ushbu ichimlik unga boy: tishlarning asosiy dushmani bo‘lgan sut kislotasi bakteriyalari sharbatga chiday olmaydi. Lavlagi sharbatini har kuni ichish va chiroyli tabassumga ega bo‘lish mumkin.

Uyqusizlikda

Foto: “Noviy ochag”

Ayrim odamlarda uxlab qolish qiyin kechadi yoki kechalari uyg‘onib ketadi. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun kechki ovqatda qaynatilgan tuxum iste’mol qilish tavsiya etiladi. Aminokislota triptofanga boy mahsulot uyqu sifatiga juda foydali ta’sir ko‘rsatadi va uyqusizlikni yengishga yordam beradi. Asosiysi, uxlab qolishdan bir necha soat oldin tuxum iste’mol qilish.

Diqqatni jamlash qiyinlashganda

Foto: “Noviy ochag”

Kuchli charchoq tufayli diqqatni jamlash qiyinchilik tug‘diryaptimi? Qahvaga qo‘l cho‘zmang – o‘rniga bir stakan apelsin sharbatini quying: uning tarkibidagi flavonoidlar organizmni olti soatgacha energiya bilan ta’minlaydi. Ajablanarlisi shundaki, apelsin sharbatini ichish ish faoliyatida ham samaradorlikni oshiradi.

Uzoq umr ko‘rish uchun

Foto: “Noviy ochag”

Haftasiga ikki marta baliq iste’mol qilish organizm uchun juda ham foydali bo‘lib, u uzoq umr ko‘rishga yordam beradi. Bu Garvard universiteti olimlari tomonidan 16 yil davomida olib borilgan tadqiqot natijasidir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.