Quritilgan qora olxo‘rining inson organizmi uchun 4 ta foydali xususiyati
Olxo‘ri eng foydali va ayni paytda unchalik ham e’tibor qaratilmayotgan quritilgan mevalardan biridir. Bu oshqozon-ichak traktining sog‘lig‘ini saqlashga yordam beradi, suyaklar va immunitet tizimini mustahkamlaydi, ateroskleroz va hatto diabetning oldini olish uchun foydalidir. Eng muhimi, ishlab chiqarishda shakar siropi ishlatilmagan mevalarni tanlash kerak, aks holda bu vazn va salomatlik uchun foyda o‘rniga, faqat zarar keltiradi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”Olxo‘ri suyaklarni mustahkamlaydi
Olxo‘ri menopauzani boshdan kechirayotgan ayollar uchun eng foydali mahsulotdir. Bu vaqtda organizm kalsiyni faol ravishda yo‘qotadi, suyaklar sezilarli darajada zaiflashadi va osteoporoz xavfi oshadi. Albatta, olxo‘rining o‘zi yetarli emas, lekin shunga qaramay, uni muntazam ravishda iste’mol qilish suyak va bo‘g‘imlarning holatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi, ularni mustahkamlaydi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, olti oy davomida kuniga 5-6 dona o‘rik iste’mol qilgan ayollar tengdoshlariga qaraganda kamroq suyak to‘qimasini yo‘qotadi. Yil davomida har kuni 10-12 dona quritilgan olxo‘rini iste’mol qilish suyak zichligini oshirishga va uning tiklanish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.
Olxo‘ri xolesterinni kamaytiradi va yurakni mustahkamlaydi
Menopauzadan keyin paydo bo‘ladigan yana bir zaif nuqta — bu yurak. Organizm kamroq estrogen ishlab chiqaradi, bu qon tomirlari va yurakni himoya qiladi, shuningdek, sog‘lom xolesterin darajasini saqlab qolishga yordam beradi. Olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yomon xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan va har kuni 12 ta olxo‘ri iste’mol qilgan odamlar oxir-oqibat bu ko‘rsatkichni xavfsiz darajaga kamaytirgan.
Olxo‘ri ichak faoliyatini yaxshilaydi
Olxo‘rida ko‘plab kletchatkalar mavjud bo‘lib, bu ichaklar normal ishlashi uchun juda muhimdir. Olxo‘rida ko‘p bo‘lgan fenolik modda va sorbitol ich qotishining oldini olish uchun ajoyib vositadir.
Olxo‘ri yallig‘lanishga yordam beradi
Olxo‘ri antioksidantlardan biridir. U juda ko‘p polifenollar — organizmdagi yallig‘lanishni kamaytiradigan va DNKni shikastlanishdan himoya qiluvchi moddalarni o‘zi ichiga oladi. Bundan tashqari, quritilgan olxo‘ri bu ma’noda yangilarga qaraganda ancha foydali.
Kuniga qancha olxo‘ri iste’mol qilish kerak?
Tavsiya etilgan me’yor kuniga 50 grammni tashkil qiladi, bu taxminan 5-6 mevaga to‘g‘ri keladi. Ammo ratsion kletchatkaga boy bo‘lmasa, kuniga bir yoki ikkita mevadan boshlash, och qoringa olxo‘ri yemaslik, kun davomida oz-ozdan iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Manba