Bodring iste’mol qilganda, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
Ushbu mashhur sabzavotning abadiy yosh bo‘lib qolish uchun gidratsiya darajasini saqlab turishga yordam berishi rostmi?Nima uchun bodringni tunda iste’mol qilmaslik kerak?Elle nashri quyida ushbu savollarga javob berdi.
Foto: ElleBodring qovoqdoshlar oilasining a’zosi bo‘lib, uning paydo bo‘lishi qovoqcha va qovun bilan bog‘liq. Bunday mashhur sabzavot ekini dori bo‘la olmaydi, deyish mumkin, ammo bodring qadim zamonlardan beri an’anaviy hind tibbiyotida ishlatilgan. Biroq qadimgi davrlarda bodring juda zaharli ham hisoblangan, chunki u achchiq bo‘lgan. Shuning uchun u dori sifatida mikroskopik dozalarda ishlatilgan.
Qishloq xo‘jaligida bodring bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarga qaramay, bu sabzavotning kimyoviy va terapevtik xususiyati haqida nisbatan kam ilmiy ma’lumotlar nashr etilgan. Umumiy ma’noda organizmning ulkan gidratsiyasidan tashqari, bodring diabetga qarshi va antioksidant faollikka ega. Uning yangi sharbati terini oziqlantirish, sovitish va tinchlantiruvchi ta’sirni ta’minlash hamda shishni kamaytirishda foydalidir.
Bodring suv o‘rnini bosishi rostmi?
Bu qisman rost. Haqiqatan ham bodring tufayli zarur bo‘lgan kunlik suyuqlikka qisman ega bo‘lish mumkin. Chunki har bir meva 95 foiz suvdan iborat, bu nafaqat organizmning gidratsiyasini saqlab qolishga, balki ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlashga va buyrak toshlari paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradi. Shuning uchun tadqiqotchilar bodringni issiqda yoki mashg‘ulotdan so‘ng darhol iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Bodring tarkibida suv tufayli juda kam kaloriya, yog‘ va xolesterin mavjud. Biroq bunday suvli kompozitsiya sabzavotning boshqa foydali xususiyatlarini kamaytiradi.
Bodring saraton kasalligining oldini olishga yordam beradimi?
Olimlar bodringdan bir nechta biologik faol birikmalarni, shu jumladan, kukurbitatsinni ajratib oldi. Ushbu modda organizmga atipik hujayralarni, ya’ni malign o‘simtaning shakllanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hujayralarni yo‘q qilishga yordam beradi. Kukurbitatsinni qabul qilishning asosiy foydasi saratondan himoya qilishdir. Biroq bu elementning bitta nojo‘ya ta’siri bor — bu oshqozon bilan bog‘liq muammosi bor odamlarda shishni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bodringni, qoida tariqasida, yotishdan oldin iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Bodring suyaklarni mustahkamlaydimi?
Amerikalik professor va klinik farmakologiya bo‘yicha mutaxassis Ayk S. Arakelyan hozirda bodringni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan va bir nechta ilmiy maqolalar chop etgan kam sonli kishilardan biridir. Mutaxassisning fikricha, unda ba’zi vitaminlar saqlanib qolgan. Misol uchun, K vitamini suyaklarni mustahkamligida alohida ahamiyatga ega. Bir dona o‘rtacha bodringda 8,5 mikrogram K vitamini mavjud, ayollarga kuniga 90 mikrogramm, erkaklar esa 120 mikrogramm iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Bodring yurak salomatligi uchun foydalimi?
Amerika yurak assotsiatsiyasi odamlarni ko‘proq kletchatka iste’mol qilishga undaydi, chunki bu xolesterin to‘planishi va natijada yurak-qon tomir muammolarining oldini olishga yordam beradi. Bodring esa kletchatkaning ajoyib manbaidir.
Manba