Salomatlik Salomatlik Gastrit, tish og‘rig‘i va boshlanayotgan infarkt bilan adashtirish mumkin bo‘lgan 3 ta kasallik

Gastrit, tish og‘rig‘i va boshlanayotgan infarkt bilan adashtirish mumkin bo‘lgan 3 ta kasallik

O'qildi: 360


Gastrit, tish og‘rig‘i va boshlanayotgan infarkt bilan adashtirish mumkin bo‘lgan 3 ta kasallik

An’anaga ko‘ra infarkt yoki yurak xuruji “erkak”larning kasalligi bo‘lishiga qaramay, ayollar ham bunga tez-tez duch keladi. Bundan tashqari, ayollarda yurak xuruji erkaklarnikidan farq qiladi. Shuning uchun ham ularga kechroq tashxis qo‘yiladi. Ba’zida shifokorlar yaqinlashib kelayotgan infarkt alomatini toki u yuz bermaguncha bilmaydi. Ayniqsa, ayollarda ko‘krak qafasidagi og‘riq eng keng tarqalgan alomatlar sirasiga kirmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, infarktga uchragan ayollarning uchdan ikki qismi buni oldindan sezmagan. Demak, ayollarda infarkt qanday kasalliklar ortiga yashiringan bo‘lishi mumkinligini bilib olish kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Tish og‘rig‘i

Infarkt paytida og‘riq asosan, chap qo‘l, orqa bo‘yin va ko‘pincha jag‘da paydo bo‘ladi. Nafas qisilishi, bosh aylanishi va ko‘krak qafasdagi noqulaylik alomatlari orqali tish emas, yurak bilan bog‘liq kasallik ekanini sezish mumkin. Agar yuqoridagi alomatlarning bittasi bo‘lsa ham jag‘ va tish og‘rig‘iga qo‘shilsa, darhol shifokorni chaqirish kerak, ehtimol bu xavfli bo‘lishi mumkin.

Gastrit

Jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qizilo‘ngachning qizishi – ushbu alomatlar nimaning belgisi?Albatta, ko‘pincha gastrit yoki ovqatdan zaharlanish haqida gumon qilinadi. Ammo bu, umuman, boshqa kasallik, infarktning boshlanishi va alomatlar esa kasallikning yuz berishiga oz vaqt qolganidan darak beradi. Shunday hollarda, nafas siqilishi, ko‘krak qafasi, bel va qo‘lda ham og‘riqlar paydo bo‘lsa, bunga beparvo bo‘lish kerak emas. Shifokor tashxisi barchasiga aniqlik kiritadi.

Surunkali charchoq

Agar doimo dam olish istagi paydo bo‘lsa, kundalik yumushlarni bajarib bo‘lmaydigan hol kuzatilsa, ayniqsa, bularning barchasi to‘satdan yuz bersa, darhol yurak shifokori bilan bog‘lanish kerak. Ehtimol yurakka qon va kislorod yetarli miqdorda bormayotgan bo‘lishi mumkin. Bu orqali tana barcha erkin oqimlarni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha haydaydi, hujayralar esa yetarli darajada oziqlanmaydi va insonda surunkali charchoq paydo bo‘ladi. Infarkt oldi alomatlari sezilmasa ham, g‘ayritabiiy charchoqni his qilish, albatta, shifokorga murojaat qilishdan darak beradi.

Menopauza

Ko‘ngil aynishi va doimiy terlash – yashirin infarktning yana bir ko‘rinishi. Agar 50 yoshdan o‘tgan bemorlarda shunday hol kuzatilsa, tabiiyki, ular buni menopauza deb gumon qiladi. Ayniqsa, ayollarda kuchli terlash va ko‘ngilning behuzur bo‘lishi infarktning o‘ziga xos belgilaridan biridir. Ayollarda bu belgi erkaklarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Agar bu holat bir necha kun ichida to‘xtamasa, shifokor ko‘rigidan o‘tgan ma’qul.

Homiladorlik

Ko‘ngil aynishi va bosh aylanishi, shuningdek, holsizlik ham homiladorlikning belgilaridan biridir. Shuningdek, bu holat ayollarda hayz jarayonida ham kuzatiladi. Lekin homildorlikdan gumon bo‘lmasa va siklda ham bu kabilar odatga aylanmagan bo‘lsa, shoshilinch ravishda shifokorga murojaat qilish zarur. Sababi bu inson hayoti uchun xavfli  sanalgan infarkt alomati bo‘lishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.