Bodring har kun iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Tashqarida havo qanchalik issiq bo‘lsa, tushlik uchun yengil va yangi narsalarni, masalan, bodringli salatni xohlaysiz. Bu yozgacha vazn yo‘qotishga harakat qilayotgan diyetada bo‘lganlar uchun ajoyib sabzavot, chunki uning 100 grammda atigi 16 kilokaloriya mavjud. Ushbu mahsulot har kuni iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Organizmdagi suv balansi me’yorlashadi
Foto: Legion MediaBodring taxminan 95 foiz suvdan iborat, shuning uchun u tanadagi namlikning umumiy darajasini yaxshilaydi va chanqoqlik hissini yo‘q qiladi.
Oshqozon-ichak muammolari haqida unutasiz
Bodring kletchatkaga boy bo‘lib, ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ich qotishi va boshqa muammolarining oldini oladi.
Ozish uchun ajoyib tanlov
Bu sabzavot tarkibida juda ko‘p ozuqa moddalari bo‘lishiga qaramay, kaloriyasi juda past. Xuddi shu kletchatkalar to‘yinganlik hissini saqlab turadi va ortiqcha ovqatlanish xavfini kamaytiradi. Kechasi qorningiz ochganida sendvich o‘rniga bodringni yeng. Shu tarzda vazningizni nazorat qilishingiz mumkin.
Foto: Legion MediaTeri holatini yaxshilaydi
Bodringda sink, kaliy, B, C vitaminlari va yuz terisiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan hamda qarish belgilariga qarshi kurashadigan boshqa oziq moddalar mavjud. Bu sabzavotni nafaqat iste'mol qilish, balki patch sifatida ham ishlatish mumkin.
“Har kuni bodring iste’mol qilish yaxshi, chunki u asosan suvdan iborat. Agar ko‘proq yesangiz ham, tanaga zarar keltirmaydi. Aksincha, qomatingizni saqlashga va ratsioningizdan keraksiz ovqatlarni yo‘q qilishga yordam beradi”, — deydi diyetolog Manisha Chopra.
Mavzuga doir:
- Kartoshka, loviya va ehtiyotkorlik bilan me’yorda iste’mol qilish kerak bo‘lgan 4 mahsulot
- Har kuni bitta olma iste’mol qilishga undaydigan 10 ta sabab
- Qarimaslik uchun tez-tez tanovul qilish tavsiya etiladigan mahsulotlar
- Shifokorlar qahva ichish jigarga qanday ta’sir o‘tkazishini ma’lum qildi
Manba