Kuchli xurrak otish bilan qanday kurashish kerak?
Xurrak otish — kattalar orasida juda keng tarqalgan muammodir. Ko‘pchilik uyida birov bilan yashashni boshlamaguncha uyqusida kuchli xurrak otishini bilmaydi. Albatta, kuchli xurrak shovqini yoningizdagi odamning yetarlicha uxlashiga to‘sqinlik qiladi, bu esa munosabatlardagi keskinlikning kuchayishi va asabiylashishga olib keladi. Grazia nashri xurrak otish bilan qanday kurashish borasida bir nechta tavsiyalar berib o‘tdi.
Foto: GraziaLekin bu tashvishlanishning hammasi emas. Doktor Deniel Sloterning ta’kidlashicha, xurrak otadigan odamlarning 75 foizida nafas olishning buzilishi, ya’ni qisqa vaqt davomida nafas olishni to‘xtashi kuzatiladi. Bu yurak kasalliklarini rivojlanish xavfini oshiradi. Zararsizdek tuyilgan ushbu odatdan qutulish uchun qanday yo‘l tutish kerak?
Yon tomonga qarab yotish
Yotgan holatda tilning asosi va yumshoq tanglay tomoqning orqa tomoniga bosilib, uxlash vaqtida tovush paydo bo‘ladi. Shuning uchun yon tomonga qarab uxlagan yaxshi. Agar tunda ushbu holatni nazorat qilishning imkoni bo‘lmasa, maxsus uzun yostiq bilan uxlash mumkin.
Yana bir layfxak bor — kurak, yelka yoki bel tomonga tennis to‘pini joylashtirish yon tomon bilan uxlashga ko‘proq yordam beradi. Bu uxlayotgan paytda ag‘darilib ketishining oldini oladi.
Sport bilan shug‘ullanish
“Odamning bo‘ynida vazn ortganda, tomoqning diametri kamayadi, bu esa xurrakka olib kelishi mumkin”, — deydi Deniel Sloter. Biroq vazn yo‘qotish har doim ham ushbu muammodan xalos bo‘lishga yordam bermaydi. Chunki ozg‘in odamlar ham tez-tez xurrak otadi.
Spirtli ichimliklardan voz kechish
Spirtli ichimliklar tomoqning orqa qismidagi mushaklarning tonusini pasaytiradi, shuning uchun hatto odatda xurrak otmaydiganlar ham spirtli ichimlik ichganidan keyin bu muammoga duch kelishi mumkin.
Yangi yostiqda uxlash
Mutaxassislar har olti oyda bir marta yostiqni almashtirishni yoki uni tozalashni tavsiya qiladi. Yostiq jildlarini esa har 3-4 kunda yuvish kerak. Gap shundaki, u yerda chang to‘planib, allergik reaksiya va xurrakni keltirib chiqaradi.
Kunduzi me’yorida suv ichish
“Burun va yumshoq tanglaydagi ajralmalar odam suvsizlanganda ko‘proq yopishqoqlashadi, bu esa xurrakni kuchaytiradi”, — deydi mutaxassis. Bu xurrak otishdan oldin bir stakan suv ichishi kerak degani emas, u holda tun davomida bir necha marta uyg‘onishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun kun davomida suv balansini kuzatib borish va kuchli chanqoqlik hissi paydo bo‘lishining oldini olish kifoya qiladi.
Mavzuga doir:
- Eng muhim 8 soat: yetarlicha uxlamaslik natijasida organizmda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar
- Doimiy charchoq hissi bilan qanday kurashish kerak?
- Tunda yo‘tal tutsa nima qilish kerak?
Manba