Hech qanday sportsiz: 15 daqiqada 100 kilokaloriya yo‘qotishga yordam beradigan harakatlar
Sport zali – mashqlar qilib, ortiqcha kilogrammlardan xalos bo‘lish uchun ajoyib joy. Lekin bunga hammaning ham imkoni bo‘lmasligi mumkin. Aslida esa oddiygina kundalik faoliyatingizda ham kaloriyalarni samarali yo‘qotishingiz mumkin.
Foto: UnsplashZinadan ko‘tarilish
Zinalar hamma joyda — ishda, uyda, mehmonxonada bor. 100 kaloriya yoqish uchun zinadan taxminan 15 daqiqa yurish kifoya. Agar tez harakat qilsangiz, 10 daqiqa ham yetadi. Zinadan ko‘tarilish pastki tana mushaklarni chiniqtirishga va yog‘larni yo‘qotishga yordam beradi.
Yo‘lda telefonda gaplashish
Iloji bo‘lsa, telefon qo‘ng‘iroqlariga yo‘lda javob bering. Hatto ish paytida ham ofis atrofida gaplashib, aylanib chiqish mumkin. Qanchalik masofa bosganingizni ko‘rish uchun fitnes-treker yoki shagomerdan foydalaning.
Uy tozalash
Uy tozalash 30 daqiqada taxminan 100 kaloriyani yo‘qotadi. Har qanday uy ishlarini mushaklarni mustahkamlovchi mashqqa aylantirish mumkin.
Bog‘da ishlash
Hovlini begona o‘tlardan tozalash, ekish va boshqa ishlar 25 daqiqada kamida 100 kaloriyani yo‘qotadi. Toza havoda tabiat bilan muloqot qilishdan zavqlanish va to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘dagi yangi sabzavotlardan bahramand bo‘lish sog‘liq uchun foydali.
Bolalar bilan o‘ynash
Bolaligingizni eslang: quvlashmachoq, sakramachoq, kim o‘zarga yugurish — bunday ochiq havodagi o‘yinlar bolaga zavq bag‘ishlaydi va siz ham bahonada kilogrammlardan xalos bo‘lasiz.
Raqs
O‘zingizni bo‘sh qo‘yib, tananing barcha a’zolarini harakatga keltirib raqsga tushishingiz lozim, sust harakatlar sizga yordam bermaydi.
Suzish
Albatta, bu faoliayt bilan har kuni shug‘ullanishning iloji bo‘lmasligi mumkin. Agar kurortga borsangiz, zavq bilan va iloji boricha ko‘proq suzing. Imkoni bo‘lsa, suv aerobikasi bilan shug‘ullaning, suv ostida tana massajini bajaring. Bu organizmga tushgan bosimni bartaraf etishga va stress ta’sirini yengishga yordam beradi.
Manba