Salomatlik Salomatlik Nima uchun bola uyqusida tishlarini g‘ichirlatadi? Muammoning 6 ta eng keng tarqalgan sababi

Nima uchun bola uyqusida tishlarini g‘ichirlatadi? Muammoning 6 ta eng keng tarqalgan sababi

O'qildi: 361


Nima uchun bola uyqusida tishlarini g‘ichirlatadi? Muammoning 6 ta eng keng tarqalgan sababi

Tibbiyotda jag‘larning beixtiyor bir necha marta qisilishi natijasida tishlarning g‘ichirlashi “bruksizm” deb ataladi. U asosan kechalari o‘zini namoyon qiladi va qo‘shimcha ravishda, bosh og‘rig‘i va quloqlarda shovqin kabi ko‘plab jismoniy og‘riqlarni keltirib chiqaradi. Ko‘pincha bruksizm bolalarda kuzatiladi. Bunga tishlardagi muammo sababmi?Ushbu savollarga javob tariqasida “Noviy ochag” nashri to‘liq ma’lumot berib o‘tdi.

Foto: “Noviy ochag”

Sleep Foundation ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning turli burchaklarida bolalarning 6 dan 50 foizigacha bo‘lgan qismi bruksizmdan(odonterizm va Karolini fenomeni deb ham ataladi)aziyat chekadi. Tishlarning tungi g‘ichirlashi juda qo‘rqinchli eshitiladi. Shu bilan birga, ota-onalarning o‘zi har doim ham shifokorlarga maslahat uchun shoshilmaydi, chunki bu muammo bolalarning katta bo‘lishi bilan o‘z-o‘zidan o‘tib ketishiga ishonadi. Chindan ham shundaymi?Mutaxassislar bu masalada bahslashishga tayyor. Aslida, bruksizm — bu bolaning sog‘lig‘i uchun noxush oqibatlarga olib keladigan fiziologik kasallik bo‘lib, shifokorga murojaat qilishni talab qiladi. Bruksizmni keltirib chiqargan sabablarga ko‘ra shifokor tashxis qo‘yadi hamda kerakli muolajalarni buyuradi.

Stress

Stress va bruksizmning erta boshlanishi o‘rtasida tasdiqlangan bog‘liqlik bor, ammo qaysi biri qo‘zg‘atuvchi va qaysi oqibat ekanligini aniqlash uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etiladi. Biroq tibbiy adabiyotlarda stressning yosh bolalarga ta’sirini o‘rgangan tajribalar ham mavjud. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘zlarini noqulay muhitda ko‘rgan bolalar, ko‘pincha, uxlayotganida tishlarini qichirlatadi. Maktab yoshidagi bolalarda bruksizm dars yuklamalari va baholar haqida tashvishlanish tufayli haddan tashqari hissiy zo‘riqishlarga reaksiya bo‘lishi mumkin.

Tunda bruksizm bilan og‘rigan bemorlar tekshirilganda, stress gormonlarining ko‘payishi, jumladan, buyrak usti bezlari tomonidan ishlab chiqarilgan kortizol miqdorining ortishi aniqlangan.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.