Shunchaki husnbuzar emas: Teridagi muammolar yana qanday kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin?
Inson terisi organizmning ichki jarayonlariga ko‘zgu tutadi. Agar uning signallari to‘g‘ri talqin qilinsa, kasallik dastlabki bosqichlaridayoq aniqlanib, sog‘liqdagi muammolarning oldini olish mumkin, deb yozadi Marie Claire.
Foto: PinterestInson terisi himoya funksiyasini bajaradi va zararli moddalarning organizmga kirishiga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga, terining holati odamda har doim noto‘g‘ri parvarish qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan bir qator muammolar borligini ko‘rsatishi mumkin.
Yuz va tanadagi toshmalar
Toshmalar paydo bo‘lishining haqiqiy sababini ko‘pincha o‘zgaruvchan gormonlardan izlash kerak. Masalan, testosteron gormonining ko‘payishi bilan teri yog‘lanishi va yiringli toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Seroz tarkibli pushti toshmalar uning yuzasida yashovchi bakteriyalarning chiqindi mahsulotlariga reaksiyasi tufayli paydo bo‘ladi. Yosh bilan bog‘liq holatlarda ham yuzda ko‘plab yallig‘lanish elementlari patogen mikroorganizmlarning mavjudligini ko‘rsatadi. Shuningdek, ovqat hazm qilish tizimidagi buzilishlar, masalan, tez-tez ich qotishi ham yuzda husnbuzar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Quruq teri
Ushbu alomat irsiy moyillikka bog‘liq bo‘lishi mumkin yoki atrof-muhit omillari bilan kuchayadi. Quyoshli va sovuq ob-havo terini haddan tashqari quritib, uni ko‘chishiga olib kelishi mumkin. Bu holat kun davomida tez-tez harorat o‘zgaradi, isitish tizimlarining harakati bilan kuchayadi.
Shuningdek, terining holatiga ko‘pincha yomon odatlar(chekish, spirtli ichimliklar)va kun davomida yetarli miqdorda suv iste’mol qilmaslik bilan ta’sir qiladi. Vitamin va yog‘larning yetishmasligi bilan noto‘g‘ri ovqatlanish teri qurishining paydo bo‘lishiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biridir. Aslida, quruqlik epidermisning stressga o‘ziga xos reaksiyasidir. Teri ko‘chishi esa qalqonsimon bezdagi nosozlikni ham ko‘rsatishi mumkin.
Terining qichishishi va qizarishi
Bu tananing o‘zi yoki terining parvarishlash mahsulotlariga allergik reaksiyasini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ichaklar bilan bog‘liq muammolarda ham ushbu holat kuzatiladi.
Shish
Bu alomat ko‘pincha uyqu rejimini muntazam ravishda buzadigan, kechasi sho‘r yoki achchiq ovqat iste’mol qilishni yaxshi ko‘radiganlar, shuningdek, kun davomida oddiy suv ichishni e’tiborsiz qoldiradiganlarda paydo bo‘ladi. Qolaversa, yurak-qon tomir tizimi, buyrak kasalliklari, endokrin kasalliklar bilan bog‘liq muammolar yuzning shishishiga olib keladi.
Yog‘li teri
Yog‘li teri ham irsiy moyillik yoki individual xususiyat bo‘lishi mumkin. Har doim normal yoki aralash tipda bo‘lgan teri birdan yog‘li bo‘lib qolsa, ehtiyot bo‘lish kerak. Bunday vaqtda gormonal fonda o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Kuperoz
Odatda, bu tanadagi qon tomir kasalliklarini ko‘rsatadi. Yuzdagi kapillyarlarning paydo bo‘lishining yana bir sababi — jigar kasalligi. Asosiy sabab rejimga rioya qilmaslik, toza havoda yurishni e’tiborsiz qoldirish, charchoq, stress. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda avitaminoz, anemiya va oshqozon-ichak traktidagi muammolar ham kiradi.
Terining giperpigmentatsiyasi
Ko‘pincha, bu hodisa quyoshda juda ko‘p vaqt qolish yoki terining yuqori qatlamiga zarar yetkazadigan muayyan turdagi protseduralardan so‘ng kosmetologning ko‘rsatmalariga rioya qilmaslikdan kelib chiqishi mumkin. Qolaversa, giperpigmentatsiya mutaxassisning tajribasizligi hamda rang, tur, mavsumiy omilga muvofiq tartiblarni noto‘g‘ri tanlaganligi sababli paydo bo‘ladi. Gormonal buzilishlar ham terining giperpigmentatsiyasining yana bir keng tarqalgan sababidir. Xususan, bu tuxumdonlar va buyrak usti bezlari faoliyatidagi muammolar bilan bog‘liq.
Mavzuga doir:
- Yuz terisi go‘zalligi hamda tiniqligi uchun tuxum oqidan tayyorlanadigan niqob retsepti
- Yuz terisi parvarishida har kuni foydalanish kerak bo‘lgan 5 ta kosmetik mahsulot
- Yuz terisining mukammal ko‘rinishiga yordam beradigan 6 ta mahsulot
Manba