Avitaminozga qarshi kurashishda yordam beradigan mahsulotlar
O'qildi: 266

Bahor va avitaminoz — bu deyarli sinonimlar. Qishning sovuqlari, shamollash kasalliklari va quyosh nurlari yetishmasligidan odam organizmi foydali moddalar tanqisligini chuqur his etadi. Yoz fasliga eson-omon yetib olish uchun bu yetishmovchilikni to‘ldirish talab qilinadi.
Foto: DepositphotosC vitamini
Askorbin kislota eng muhim vitaminlardan biri hisoblanadi. C vitamini immunitetni mustahkamlaydi, organizmning har xil infeksiyalarga va kasalliklarga qarshiligini oshiradi, stress va depressiya belgilariga qarshi kurashadi.Mahsulotlar: sitruslilar, tuzlangan karam, na’matak, kivi, qora smorodina, bulg‘or qalampiri, karamning hamma turlari, yashil no‘xat, qulupnay, malina, ko‘k piyoz, chakanda(oblepixa), ismaloq.
D vitamini
Bu vitaminni “quyoshli” deb ham aytishadi. U asosan quyosh ta’sirida, teri ostida xolesterinning sintezlanishi natijasida ishlab chiqiladi. D vitamini organizmga kalsiyni singdirishda, suyaklarni va tishlarni mustahkamlashda yordam beradi.Mahsulotlar: baliq moyi, ikra, qizil baliq, tuxum sarig‘i, jigar, qaymoq, saryog‘, sut va sut mahsulotlari.
A vitamini
Bahor faslida albatta A vitaminiga e’tibor qaratish lozim. Organizmda bu vitamin yetishmasligi ko‘rishning yomonlashishiga, teri quruqlashishiga olib keladi.Mahsulotlar: sabzi, oshqovoq, lavlagi, krapiva, pomidor, makkajo‘xori, qizil qalampir, o‘rik, jigar.
Manba
Obuna bo'ling
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.