Biz nima uchun ortiqcha yeb qo‘yamiz?
Bizning bobo-buvilarimiz bir kunda kam-kamdan 5-6 marta ovqatlanishgan, bugungi kunda esa uch marta to‘yib ovqatlanish qoidaga aylangan. Bizning ortiqcha yeyishimizning sababi nimada?
Foto: ShutterstockOdamning ozuqaviy fe’l-atvori bir-birini to‘ldirib turadigan ikki gormon – grelin va leptin bilan xarakterlanadi. Grelin – peptid gormon bo‘lib, ishtaha qo‘zg‘atadi, iste’mol qilinayotgan ovqatlar va yog‘lar miqdori sonini oshiradi. Bu belgilar odamning ovqatlar masalasiga javob beruvchi gipotalamusga yetib boradi. Natijada ishtaha ochiladi va ochlik hissi paydo bo‘ladi.
Me’da to‘lishi bilan yog‘ to‘qimalari gormoni – leptin ishlab chiqarila boshlaydi. Leptin – bu energiya almashinuvini boshqarib turuvchi, ishtahani bo‘g‘uvchi peptid gormoni hisoblanadi. Leptin me’da devori asab uchlari va gipotalamus retseptorlariga ta’sir o‘tkazadi, bu bilan miyaga to‘qlik belgisini beradi.
Shunday qilib fiziologik nuqtai nazardan, keragidan ortiqcha yeyish – bu to‘qlik xabarini o‘tkazib yuborish. Lekin nima uchun biz uni e’tiborsiz qoldiramiz?Ortiqcha yeyishning sababi nimada?
Mazali taomning ko‘rinishi va xushbo‘y hidi quvonch gormoni – dofaminni qo‘zg‘atadi. Bu oddiy hol. Muammo shundaki, biz xohlagan ovqatimizni yeya oladigan zamonda yashayapmiz va bunday qo‘zg‘alishlarning har biri ortiqcha yeyish tomon yaqinlashtiradi.
Zamonaviy dunyoda ortiqcha yeyishdan qanday qutulish mumkin?Esingizda bo‘lsin: siz berilgan imkoniyatlarning hammasida ham yemasligingiz kerak.
Har doim organizmga quloq soling. Do‘stlaringiz bilan qahva yoki choy ichishga qaror qilganingizda — qo‘shimcha pirog bo‘lagini haqiqatan ham xohlaganingiz uchunmi yoki odatga ko‘ra yemoqchimisiz, buni yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Mehmondami yoki uydami beixtiyor konfetlar, pishiriqlar va boshqa shirinliklarni yeyishni bas qiling. Biror narsa yeyishdan oldin ortiqcha yeyish ham va uning oqibatida yuzaga keladigan muammolar ham sizga qo‘rqinchli emasligini o‘ylang ko‘ring.
Manba: “Lifehacker.ru”
Manba