O‘pka saratoni: shifokor kasallikning eng ko‘p uchraydigan 8 ta belgisini ma’lum qildi
O‘pka saratoni eng xavfli kasalliklardan biri bo‘lib, u yillar davomida insonlarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Afsuski, hech qachon sigaret chekmaganlar ham xavf ostida bo‘lishi mumkin — shuning uchun o‘pka saratonining asosiy belgilarini bilish barcha uchun juda muhim. Chunki qanchalik erta tashxis qo‘yilgan va davolash boshlangan bo‘lsa, muvaffaqiyatga erishish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. “Noviy ochag” nashri “Rassvet" klinikasining pulmonologi Akulkina Larisa Anatolyevna bilan birgalikda kasallikning belgilari haqida bir qancha ma’lumotlar taqdim etdi.
Foto: “Noviy ochag”Ushbu alomatlardan ba’zilari erta bosqichda paydo bo‘ladi, lekin ularning aksariyati kasallik bilan rivojlanadi. Shuning uchun inson o‘zida kuzatilayotgan o‘zgarishlarga e’tiborli bo‘lishi kerak.
Ko‘krak qafasida og‘riq
Og‘riq yelka yoki belga ham tarqalishi mumkin, shuning uchun ba’zi bemorlar buni yurak kasalligining namoyon bo‘lishi, deb xato qiladi. Ammo agar og‘riq chuqur nafas bilan, yo‘talayotganda yoki kulayotganda kuchaysa, o‘pkaning holatini imkon qadar tezroq tekshirtirish kerak.
Doimiy yo‘tal
Agar yo‘tal odatda quruq, balg‘amsiz bo‘lsa va 3 hafta yoki undan ko‘proq vaqt davomida o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qilish lozim: rivojlanayotgan o‘simta nafas yo‘llarining devorlarini bezovta qilishi mumkin. Organizm esa yot narsani yo‘tal bilan chiqarib tashlashga harakat qiladi.
Qon aralash yo‘tal
Qon aralash yo‘talish har doim yaxshi alomat emas. Bu saraton kasalligini ko‘rsatmasa-da, har qanday holatda ham darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Surunkali yo‘tal bilan og‘rigan kashandalar balg‘amda qon borligiga alohida e’tibor qaratishi lozim, chunki ular doimiy yo‘talga shunchalik ko‘nikib qoladi va bunga ahamiyat bermaydi. Natijada kasallik xavfli bosqichga o‘tib ketishi mumkin.
Ovozning bo‘g‘ilishi
Ovoz bo‘g‘ilishi o‘tkir nafas yo‘llari infeksiyasi belgilarisiz rivojlanadigan o‘pka saratoni yoki halqum saratoni rivojlanishini ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, kashandalarda bu darhol tibbiy yordamni talab qiladi. Bu holatda ovozning o‘zgarishi u paychalarining ishini tartibga soluvchi laringeal nervlarda o‘sayotgan o‘simtani siqib qo‘yishi bilan bog‘liq.
Nafas qisilishi
O‘pka saratoni rivojlanishining yana bir belgisi nafas qisilishi bo‘lib, u past intensivlikdagi mashqlardan keyin paydo bo‘ladi. Bu o‘simta nafas yo‘llarini qisman to‘sib qo‘yganligi, shuningdek, ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishi tufayli yuzaga keladi.
Charchoq hissi
Charchoqning kuchayishi va doimiy charchoq hissi shifokorga imkon qadar tezroq murojaat qilish uchun sababdir. Bu deyarli har doim organizmda ba’zi istalmagan, shu jumladan, juda xavfli jarayonlar sodir bo‘lishining belgisidir. Agar charchoq hissi vazn yo‘qotish va ishtahaning yetishmasligi bilan birga bo‘lsa, o‘pka saratoni ehtimoli, ayniqsa, yuqori.
Noma’lum sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladigan og‘riq
O‘pka saratoni kasallikning eng oxirgi bosqichlariga qadar hech qanday aniq alomatlar bilan birga kuzatilmasligi mumkin bo‘lgan kasallik turlaridan biridir. Ba’zida birinchi belgilar faqat skeletning ichki organlari va suyaklarida paydo bo‘ladi. Natijada bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, oyoq-qo‘llarda uvishish yoki og‘riq, organizmning boshqa qismlarida og‘riq qayd etilishi mumkin.
Mavzuga doir:
- Tunda yo‘tal tutsa nima qilish kerak?
- Nega chuqur nafas olganda o‘pka og‘riydi?
- Saratonning ko‘pchilik o‘tkazib yuboradigan dastlabki belgilari
Manba