Kamroq yeb oshqozon hajmini kichraytirish mumkinmi? Ozish uchun foydali maslahatlar
Oshqozon ichi bo‘sh organdir, ya’ni u tabiiy cho‘zilish xususiyatga ega. Agar bo‘sh qorinning normal hajmi taxminan 500 mililitr bo‘lsa, ovqatdan keyin u 2 litrgacha cho‘zilishi mumkin. Biroq u kun davomida tezda standart o‘lchamlariga qaytadi. Agar odam muntazam ravishda ortiqcha ovqatlansa va doim nimadir yeb yursa, unda oshqozon hajmi asta-sekin 4 litrgacha kattalashishi mumkin. Natijada butun oshqozon-ichak traktining motor-evakuatsiya funksiyasi buziladi.
Foto: FreepikNima qilish kerak?
Avvalo nafaqat oshqozon hajmini mexanik ravishda kichraytirish, balki oshqozon retseptorlari apparatining sezgirligini me’yorlashtirish, shuningdek, ochlik, gormonal va psixologik darajada to‘yinganlik hissini to‘g‘ri shakllantirish va baholash muhim. Buning uchun bir nechta qoidalarni yodda tuting:
Doim nimadir yeb yurmang
Barqaror ovqatlanish juda muhim: odatda 3 ta asosiy taom inson uchun yetarli. Shu bilan birga, shifokoringiz orada sabzavotli bulyon, smetana va boshqa yengil gazaklarni iste’mol qilishni tavsiya qilishi mumkin.
Ovqat vaqtida suv ichmang
Foto: FreepikOvqatdan 30 daqiqa oldin suv ichish foydali, lekin ovqatlanayotganda yoki keyin emas. Ovqatlanishdan bir soat o‘tgachgina suv ichish mumkin.
Idish o‘lchamini nazorat qiling
O‘zingiz uchun ma’lum chegaralarni belgilash psixologik jihatdan muhim: agar katta idishga ovqat solsangiz, uni oxirigacha yeyishga harakat qilasiz. Shuning uchun kichik idish va sanchqi, pichoq ishlatgan ma’qul.
Shoshmasdan chaynang, gadjet va televizorga chalg‘imang
Bu maslahat bolaligimizdan beri bekorga aytilmaydi: bu miya to‘yganini his qilishi uchun kerak. Yetarli miqdorda iste’mol qilingan ovqat haqida miyaga impuls o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan retseptorlar oshqozonning yuqori qismlarida joylashgan, shuning uchun ortiqcha ovqatlanmaslik uchun signalni o‘tkazib yubormaslik kerak.
Ziravorlardan kamroq foydalaning
Birinchidan, ziravorlar oshqozon shirasi ishlab chiqarishni ko‘paytiradi va ishtahani ochadi. Ikkinchidan, oshqozon-ichak traktining harakatlanishini tezlashtiradi, natijada tez-tez va ko‘proq ovqatlanishni xohlaysiz.
Aerobik mashqlarni bajaring
Yugurish, suzish, yurish va boshqa narsalar qondagi YY peptid darajasini faol ravishda oshiradi. Gipotalamusdagi mazkur gormon to‘yinganlik va ishtahani kamaytirish uchun mas’ul bo‘lgan neyronlarni faollashtiradi, to‘yishga ta'sir qiluvchi neyronlarni rag‘batlantiradi va ishtahani qo‘zg‘atuvchi neyronlarni tormozlaydi. Bundan tashqari, bunday mashqlar oshqozon-ichak traktining faolligini yaxshilaydi.
Mavzuga doir:
- Faqat charchoq emas: doimiy uyquchanlikning 3 ta xavfli sababi
- Avokadoni ratsionga kiritish uchun 3 ta sabab
- Jigar salomatligini saqlashga yordam beradigan 12 ta tavsiya
- Kunduzi uxlab olishning salomatlik uchun foydalari
Manba