Salomatlik Salomatlik Ko‘p miqdorda yeyish xavfli bo‘lgan oziq-ovqatlar

Ko‘p miqdorda yeyish xavfli bo‘lgan oziq-ovqatlar

O'qildi: 273


Ko‘p miqdorda yeyish xavfli bo‘lgan oziq-ovqatlar

Har qanday dori zaharga aylanishi mumkin, zahar esa — doriga. Ikkalasini ham ularning miqdori aniqlaydi. Buni har bir oshxonada uchraydigan odatdagi oziq-ovqatlar uchun ham qo‘llash mumkin.

Foto: Shutterstock

Biz sizga qaysi oziq-ovqatlar xavf tug‘dirishi va ularni qancha miqdorda iste’mol qilish kerakligi to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Sabzi

Doimiy ravishda sabzi yeyish karotinemiyaga olib keladi. Bunda teri sariq-to‘q sariq rangga kiradi va yaxshiyamki organizm uchun unchalik zararli bo‘lmaydi.

Olmaning urug‘lari

Olma, gilos, shaftoli, olxo‘ri va o‘rik danaklarida turli konsentratsiyada sinil kislotasi mavjud: eng ko‘p — shaftolida va eng kam — olmada. Sinil kislotasi — zahar, shuning uchun aynan ularning danagini chaynash va mag‘zini yeyish xavfli.

Qahva

Kofeinning katta dozasi birinchi navbatda yurakka ta’sir qiladi, uyqusizlikni, ko‘ngil aynish va bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Qahva iste’mol qilishning undan ham ko‘proq salbiy ta’sirlarini his qilish uchun haqiqiy qahvasevar bo‘lish va uzoq vaqt davomida har kuni 4-5 piyoladan qahva ichish kerak bo‘ladi.

Muskat yong‘og‘i

Muskat yong‘og‘i — go‘sht yoki jigarga cheklangan miqdorda qo‘shiladigan, juda kuchli ta’mga ega bo‘lgan ziravor. Bu ziravorning bir osh qoshig‘i haqiqiylikni sezishni yo‘qotishga, xavotir, qo‘rqinch, gallyutsinatsiyalarga va boshqa og‘ir oqibatlarga olib keladi.

Suv

Suvning ortiqchasi qondagi natriy va kaliy miqdorini eritadi. Og‘ir holatlarda suv intoksikatsiyasiga olib keladi. Ko‘pincha bu sportchilarda, ochlikni sevuvchilarda va tuzsiz parhez qiluvchilarda kuzatiladi. Bir kunda ichish lozim bo‘lgan suvning me’yori 2-3 litrni tashkil qiladi.

Yashil kartoshka

Yashil, ayniqsa nishlari o‘sgan kartoshkaning  tarkibida solanin — hatto issiqlik yordamida ishlov berilganda ham odamlar uchun zaharli bo‘lgan tabiiy pestitsid mavjud. Zaharlanish qayt qilish, diareya va yurak to‘xtashini keltirib chiqaradi. Ular bilan bolalarni ovqatlantirish qat’iyan man qilinadi.

Manba: AdMe




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.