Salomatlik Salomatlik Qarilikdagi aqli zaiflik xavfini kamaytirishning 6 usuli

Qarilikdagi aqli zaiflik xavfini kamaytirishning 6 usuli

O'qildi: 335


Qarilikdagi aqli zaiflik xavfini kamaytirishning 6 usuli

Demensiya qarilikning muqarrar qismi hisoblanadi. Lekin uning ko‘pchilik belgilarini bartaraf qilish yoki kamaytirish mumkin. Kelgusida sog‘lom aql va mustahkam xotira bilan yashash uchun bu choralarni hozirdanoq qo‘llash lozim.

Foto: “Medikforum.ru”
  1. Chekishni tashlang

Alsgeymerlar xalqaro federatsiyasi ma’lumotlariga qaraganda, chekuvchilarda aqli zaiflikning rivojlanishiga moyillik chekmaydiganlarga qaraganda 45% ko‘proq bo‘lar ekan. Shunisi quvonarliki, hatto tajribali chekuvchilar ham bu zararli odatni tashlash bilan sog‘lom qarilik imkoniyatlarini oshirishlari mumkin ekan.
  1. Kamroq iching

Spirtli ichimliklar iste’mol qilishni kamaytirish ham chekish kabi qarilikdagi aqli zaiflik xavfini kamaytiradi. Ko‘p ichish gipertoniya kasalligining rivojlanish xavfini ham oshiradi.
  1. Faol bo‘ling

Jismoniy faollik ham kelajakda o‘z mevalarini beradi. Lekin, ayniqsa oyoqlarni harakatlantirishga asoslangan mashqlar foydali hisoblanadi. Bunga turli xil raqslar, velosipedda yurish kiradi.
  1. To‘g‘ri ovqatlaning

Demensiya bilan kurashish uchun O‘rtayer dengizi parhezi juda mos keladi. U ko‘p miqdorda sabzavotlar, mevalar, zaytun yog‘i, donli mahsulotlar, qizil go‘shtni kam miqdorda, vino va sut mahsulotlarini me’yorida iste’mol qilishni o‘z ichiga oladi.
  1. To‘yib uxlang

Kaliforniya universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, kam va yomon uxlaydigan kishilar ko‘proq Alsgeymer kasalligiga duchor bo‘lishadi. Buning sababi shundaki, ularda bu kasallikni keltirib chiqaruvchi modda — beta-amiloid konsentratsiyasi yuqori bo‘ladi.
  1. Yangi til o‘rganing

Til o‘rganish miyada yangi neyronli aloqalarni shakllantiradi, ya’ni umuman uning holatini yaxshilaydi. Afsuski, yosh o‘tishi bilan bilimlarni egallash qiyinlasha boshlaydi. Lekin hatto boshqotirmalar yechish, masalan krossvordlar yoki sudoku miyani ishlashga va yangi so‘zlarni yodlashga majbur qilish orqali qarilikdagi aqli zaiflik xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Manba: “Medikforum.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.