Salomatlik Salomatlik Qanday qilib asablarni tinchlantirish va stressni ketkazish mumkin?

Qanday qilib asablarni tinchlantirish va stressni ketkazish mumkin?

O'qildi: 358


Qanday qilib asablarni tinchlantirish va stressni ketkazish mumkin?

Qanday qilib asablarni tinchlantirish va stressni ketkazish to‘g‘risidagi maslahatlar – ayniqsa zamonaviy hayotda shiddatli sur’at bilan yashayotganlarga kerak bo‘ladigan juda foydali maslahatlar hisoblanadi.

Foto: Shutterstock

Siz hamma kasalliklar asablardan degan iborani eshitgan bo‘lsangiz kerak. Agar ko‘nglingiz tinch bo‘lsa, muammolar ham unchalik qo‘rqinchli ko‘rinmaydi, kasalliklar ham yengilroq kechadi.

Lekin sizda har doim ishda ham, ko‘chada ham stressli holatlar paydo bo‘lsa nima qilish kerak?

Meditatsiyaning har xil texnikalari mavjud, lekin ularning deyarli hammasi nafas olish-chiqarish mashqlari va diqqatni biror-bir ijobiy narsaga qaratishga asoslangan.

O‘ngacha sanang, mushaklarni bo‘shashtirishga, ulardan tanglikni olishga harakat qiling, nafas olishga va chiqarishga e’tibor bering(odatda stress holatida nafas ushlab turiladi).

Hatto fojialardan ham yaxshi lahzalarni izlang, zero ko‘p hollarda bu oddiy ko‘ngilsizlik bo‘ladi va siz bir necha kundan keyin ularning ustidan kulasiz.

Kulgili tomonlarini topishga harakat qiling, hatto jilmayish ham keskinlikni pasaytiradi va asablarni tinchlantiradi.

Tinchlanish uchun dori-darmonlar ichishga shoshilmang. Moychechak, yalpiz, limono‘t va valeriana qaynatmalaridan iching, yoting va o‘zingizni chalg‘itishga harakat qiling.

Kunduzi asablarni qanday qilib tinchlantirishni o‘ylamaslik uchun stressli holatlarni kamaytiring.

Albatta, siz tanglikdan to‘liq qutula olmaysiz, lekin to‘yib uxlasangiz sizning jahlingizni chiqarish qiyin bo‘ladi.

To‘g‘ri ovqatlanish, ish va dam olish tartibi, yaxshi rejalashtirilgan kun sizni chidamli va hatto stressni yuqtirmaydigan bo‘lishga yordam beradi.

Manba: “Woman.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.