Qanday oziq-ovqatlar uyquga salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
Parhezshunoslar uyquning sifatini yaxshilash maqsadida oxirgi ovqatlanishda bir necha oziq-ovqatlardan voz kechishni tavsiya qiladi. Mutaxassislarning fikricha, faqat shunday holatdagina biz nafaqat jismoniy, balki ruhiy faollikni, yoshligimizni, go‘zallikni va sof aqlni ham saqlab qolishimiz mumkin ekan.
Foto: FlickrBo‘tqalar. Nonushta uchun foydali bo‘lgan va kun davomida bizning faolligimizni kafolatlovchi oddiy uglevodlar kechki ovqat uchun mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Ular glyukoza miqdorini oshirish bilan ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Chipslar, pitssa, gamburgerlar, gazli ichimliklar, muzqaymoq va boshqa fastfud ovqatlar. Bunday mahsulotlar nafaqat tarkibida yog‘lar va uglevodlar ko‘pligi bilan ajralib turadi, balki jig‘ildon qaynashini ham keltirib chiqaradi. Noqulaylikni his qilgan holda uxlash oson bo‘lmaydi.
Shokolad, qora choy, qahva. Bunday shirinlik va ichimliklar tarkibida kofein bo‘lgani uchun yaxshisi ulardan voz kechgan ma’qul.
Achchiq yeguliklar. Kechki ovqat tarkibida ziravorlarning haddan tashqari ko‘p bo‘lishi tana haroratining oshishiga, metabolizm va me’da-ichak yo‘llarining boshqa muammolariga sabab bo‘lishi mumkin.
Kechki ovqat mahalida tarkibida oqsillar, uglevodlar bo‘lgan va achitilgan sut mahsulotlarini iste’mol qilishga harakat qiling, ko‘proq suv, o‘tli choylar iching — va sog‘ bo‘ling!
Manba: “Zdorovie.com”
Manba