Salomatlik Salomatlik Ovqatga to‘ymayotganligingizning 4 belgisi

Ovqatga to‘ymayotganligingizning 4 belgisi

O'qildi: 296


Ovqatga to‘ymayotganligingizning 4 belgisi

Xushbichimlikning orqasidan quvish sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Agar siz o‘zingizda quyidagi alomatlardan qaysilarinidir sezib qolsangiz, tezlikda o‘z ovqatlanish ratsioningizni boshqatdan ko‘rib chiqing.

Foto: Rambler
  1. Holdan toyish

Ko‘pchilik odamlarda harakatsizlik holatida metabolizm tezligi bir kunda 1000 kkal ni tashkil qiladi. Agar siz sport bilan shug‘ullansangiz bu tezlikni kamida ikki baravar oshirish kerak.

To‘yib ovqatlanmaslik tez charchashga olib kelishi mumkin, chunki organizmga eng asosiy faoliyatni tutib turishdan tashqari boshqa narsalar uchun energiya yetmay qoladi.

  1. Sochlarning to‘kilishi

Sutkalik kaloriya me’yorining kam bo‘lib qolishi, shuningdek oqsil, temir, biotin va boshqa vitaminlarning yetishmasligi sochlarning haddan tashqari ko‘p to‘kilishiga olib keladi.

Organizm ozuqa moddalarini o‘ziga kerakli miqdorda olmayotgan bo‘lsa, u birinchi navbatda eng muhim a’zolar: yurak va miya faoliyatini ushlab turishga harakat qiladi. Sochlarning salomatligi esa unchalik ahamiyatli hisoblanmaydigan ikkinchi darajali o‘ringa suriladi.

  1. Homilador bo‘lolmaslik

Gipofiz va gipotalamus bir-biri bilan juda yaqin aloqada faoliyat yuritadi va ko‘pchilik a’zolarning, shu jumladan reproduktiv a’zolarning ham gormonal muvozanati uchun javob beradi. Gipotalamus tanadan signallar oladi va ular asosida gipofizni estrogen, progesteron va boshqa gormonlarni rag‘batlantirish yoki qiynashga qachon majbur qilishni belgilaydi.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bu murakkab tizim vazn va ovqat miqdorining o‘zgarishlariga juda sezuvchan bo‘lar ekan.

Jinsiy gormonlarning muvozanatisiz homilador bo‘lishning imkoniyati yo‘q. Organizm reproduktiv faoliyatining gormonal buzilishining birinchi belgisi amenoreya — uch va undan ortiq oy davomida hayz ko‘rmaslik hisoblanadi.

  1. Serjahllik

Agar siz har qanday mayda-chuydalarga ham achchiqlanayotgan bo‘lsangiz, ovqatlanishingizga e’tibor berishingiz lozim.

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, uzoq vaqt davomida ovqatga to‘ymaslikning nojo‘ya ta’sirlaridan biri serjahllik ekanligi aniqlandi.

Uzoq vaqt och yurish va bilib turib o‘zini ovqatdan tiyish asabiylikka va kayfiyatning keskin o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin.

Manba: Rambler




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.