Salomatlik Salomatlik Semirishga olib keluvchi kundalik odatlar

Semirishga olib keluvchi kundalik odatlar

O'qildi: 390


Semirishga olib keluvchi kundalik odatlar

Biz kundalik mayda-chuyda odatlarimizga unchalik e’tibor bermaymiz. Lekin aslida ular semirib ketishimizga sabab bo‘ladi.

Foto: Shutterstock

Yog‘sizlantirilgan oziq-ovqatlar

Bu g‘alati eshitiladi, lekin yog‘sizlantirilgan oziq-ovqatlarni sotib olmay qo‘yish — yog‘ yo‘qotishga olib boradigan yana bir yo‘l. Bunday oziq-ovqatlar kaloriyasi bilan odatdagi oziq-ovqatlardan unchalik farq qilmaydi. Shuningdek ularning tarkibida yog‘larni ko‘rsatishga yordam beradigan kam samarali uglevodlar saqlanib qoladi.

Degidratatsiya

Suv yetishmasligi metabolizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va toksinlarning tanada to‘planib qolishiga sabab bo‘ladi. Yetarli miqdordagi toza suv sog‘lom parhezning asosiy qoidasi hisoblanadi.

Kam uxlash

Uyquga to‘ymaydigan kishilar yetarlicha uxlaydiganlarga qaraganda uglevodlarni ko‘proq iste’mol qilishga moyil bo‘lishadi. Bu o‘zaro bog‘liqlik ancha oldin aniqlangan va bir necha marta klinik tahlillar yordamida tasdiqlangan.

Gazli suv

Gazli suv tarkibidagi me’yoridan ortiq shakar miqdori, zararli kislotalar va insulinli tashlandiqlar organizmga juda katta zarar keltiradi.

Tushlikdan voz kechish

Ko‘pchilik navbatdagi ovqatlanishni qoldirish ozishga yordam beradi deb o‘ylaydilar, lekin aslida bunday odat faqat metabolizm buzilishiga va yanada ko‘proq semirishga olib keladi.

Haddan tashqari tez yeyish

Haddan tashqari tez va ko‘p yeyish semirishga yordam beradi.

Parhezlar

Ba’zi oziq-ovqatlarni sun’iy ravishda kamaytirish va yemaslik ovqatlanish muvozanatini izdan chiqarib yuboradi. Parhez tamom bo‘lishi bilan avvalgi odatlaringiz yana qaytib keladi.

Harakatning yetishmasligi

Stress gormoni — kortizolning yuqori bo‘lishi — qon tarkibining o‘zgarishiga olib keladi. Gormon miqdorini faqat yetarlicha harakatlanish normal holatga keltiradi: bular yoga, fitnes yoki sayr qilish bo‘lishi mumkin.

Manba: “Woman.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.