Salomatlik Salomatlik Jinsiy aloqa foydasi — erkaklar va ayollar uchun afzal tomonlari, zararlari

Jinsiy aloqa foydasi — erkaklar va ayollar uchun afzal tomonlari, zararlari

O'qildi: 1 407




Aksariyat insonlar jinsiy aloqani zavq olish tadbiri deb bilishadi. Hamma ham jinsiy munosabatlar organizmga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida o’ylab ko’rmagan. Yaqinlik foyda keltirishi, jismoniy va psixologik holatni yaxshilashi, me’yor yoki ba’zi qoidalarga amal qilinmaganda esa zarar yetkazishi ham mumkin.

Jinsiy aloqa foydasi: Ayollar uchun

Jinsiy aloqalar sevgi munosabatlarining ajralmas atributi hisoblanadi. Unga bo’lgan ehtiyoj tabiatan insonga xosdir. Bir kishi uchun jinsiy aloqa — bu ehtiyojni qondirish usuli bo’lsa, kimdir buni hissiyotlarning eng yuqori namoyon bo’lishi deb hisoblaydi. Nima bo’lmasin, yaqinlik nafaqat yoqimli, balki foydali ham bo’lishi mumkin.
Ayollar uchun intim munosabatlarning afzalliklari quyidagilar:
  • Menstrual og’riqlarni kamaytiradi. Ginekologlarning fikriga ko’ra, orgazm paytida yuz beradigan bachadon qisqarishlari kichik chanoq a’zolarida qon oqimini yaxshilaydi. Bu hayz paytida tortirishlarni yengillashtiradi va og’riqli hislar intensivligini kamaytiradi;
  • Go’zallikni saqlaydi. Jinsiy aloqa paytida ayollar organizmida estrogen ishlab chiqariladi. Bu teri, tirnoq va sochlarning holatini yaxshilaydi;
  • Uyqusizlikdan xalos etadi. Yaqinlik bo’shashishga yordam beradi, tinchlik va xotirjamlik hissini bag’ishlaydi, bu esa uyqu sifatini yaxshilaydi;
  • Homiladorlik kechishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu vaqtda yo’ldoshda qon aylanishi yaxshilanadi, bu o’z navbatida homilaning kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Orgazm paytida bachadonda mikroqisqarishlar sodir bo’ladi, bu tonusni yaxshilaydi;
  • Menopauza kechishini yengillashtiradi. Klimaks davrida organizmda estrogen hosil bo’lishi kamayadi, bu ayolning ahvoli va ko’rinishga salbiy ta’sir qiladi. Jarayon davomida esa estrogen ishlab chiqarilishi yaxshilanadi, ayolning emotsional holati yaxshilanadi;
  • Tug’ruqdan so’ng peshob tuta olmaslikdan xalos qiladi. Homilani ko’tarish paytida chanoq a’zolari mushaklariga katta yuk tushadi, buning oqibatida ular cho’ziladi. Bu homiladorlikning so’nggi davrlari va undan keyin peshob tuta olmaslikka olib kelishi mumkin. Muntazam jinsiy aloqa mushaklarni tezda tonusga qaytarib, nozik muammolardan xalos bo’lishga ko’maklashadi;
  • Depressiyani va stressni kamaytirdi. Antidepressantlar depressiv holat bilan kurashishning yagona usuli emas. Intim munosabatlar ham bunday hollarda yaxshi vosita bo’lishi mumkin. Erkak urug’ suyuqligi tarkibiga kiruvchi prostaglandin gormoni shilliq qavatlar orqali o’tib, stress gormoni sifatida ma’lum bo’lgan kortizol darajasini pasaytiradi. Bundan tashqari, jarayon endorfin ishlab chiqarish bilan birga kechadi, buning natijasida eyforiya tuyg’usi seziladi;
  • Vazn tashlashga ko’maklashadi. Faol jinsiy aloqa muayyan mushak guruhlarini mustahkamlashga yordam beradigan o’ziga xos mashqdir. O’rtacha davomiylikdagi yaqinlikda 100 kaloriya atrofida energiya sarflanishi mumkin. Ehtiros ortishi vaqtida esa yurak urish tezligi oshadi, daqiqasiga 140 tagacha yetishi mumkin. Natijada modda almashinuvi kuchayadi va organizmda yog’larning yoqilishi boshlanadi.

Erkaklar uchun jinsiy yaqinlik foydasi

Jinsiy munosabatlar har bir erkak hayotida katta rol o’ynaydi, chunki bu ularning jismoniy va ruhiy muvozanati asosidir. Uzoq vaqt davomida foyda va zarari o’rganish predmeti bo’lib kelayotgan yaqinlik erkak organizmiga quyidagicha ijobiy ta’sir ko’rsatadi:
  • Reproduktiv funktsiyani yaxshilaydi. Muntazam jinsiy aloqa urug’ sifatini oshiradi va shu bilan urug’lantirish ehtimolini oshiradi;
  • Yoshlikni uzaytiradi. Erkaklarda yaqinlik davomida faol ravishda testosteron ishlab chiqariladi. Bu gormon mushak to’qimalari va suyaklarni mustahkamlaydi, prostata, moylaklar faoliyatini yaxshilaydi va qarishni sekinlashtiruvchi modda almashinuvi jarayonlariga start beradi;
  • Prostata kasalligini oldini oladi. Bundan tashqari jinsiy funktsiya buzilishi uchun yaxshi profilaktika chorasi sanaladi;
  • Shaxsiy bahoni oshiradi. Bunda yaqinlik sifati muhim rol o’ynaydi. Erkak kishi ayolni qoniqtirayotganini bilganida, u o’zini haqiqiy erkak kabi his qiladi, boshqalar bilan taqqoslaganda o’zini g’olib sanaydi. Bu nafaqat o’ziga bo’lgan ishonchni kuchaytiradi, balki testosteron darajasini ham oshiradi;
  • Qon tomirlari va yurakni mustahkamlaydi. Jarayon davomida yurak urishi tezlashadi, intensiv ishlaydi va shu tariqa shug’ullantiriladi. Olimlar fikriga ko’ra, haftada 3 marta jinsiy aloqada bo’lgan erkak insult yoki yurak xurujidan 2 baravar kamroq aziyat chekadi;
  • Immunitetni ko’taradi. Jinsiy aloqa immunoglobulin A ishlab chiqishga hissa qo’shadi. Bu modda organizmga infektsiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi. Faqat buning uchun munosabatlar muntazam va bitta ayol bilan bo’lishi kerak.

Jinsiy aloqa zarari

Bu juftliklar o’rtasidagi munosabatlarning uyg’unligiga, shuningdek, ularning bilim va mahoratiga bog’liqdir. Jinsiy hayotni turfa qilish, sheriklarni tez-tez almashtirish fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki ba’zi davolash qiyin bo’lgan kasalliklarni yuqtirib olish xavfi yuqori bo’ladi.

Ayollarga

Foydaga faqatgina doimiy va ishonchli hamroh bilan bo’lganda erishiladi. Lekin bu holda ham yaqinlikning noxush oqibatlari istisno etilmaydi.
Ular quyidagicha bo’lishi mumkin:
  • Tug’ruqdan keyin jinsiy aloqada bo’lishda salomatlik muammolari. Farzand dunyoga kelganidan so’ng, shifokorlar 1,5-2 0y intimdan saqlanishni tavsiya etishadi. Bachadonga tiklanish va tuzalish uchun kamida olti hafta kerak. Agar shifokorlar maslahati e’tibordan chetda qoldirilsa, qon ketishi, og’riq paydo bo’lishi va zaiflashgan a’zolarning infektsiyalanishi sodir bo’lishi mumkin;
  • Istamlagan homiladorlik. Buning oldini olish qiyin emas, chunki zamonaviy bozor kontratseptivlarning katta tanlovini taklif qiladi. Shifokor bilan maslahatlashib, ayol o’ziga eng keladigan turini tanlashi mumkin;
  • Kamdan kam hollarda jinsiy aloqa qarshi ko’rsatmaga ega bo’lishi mumkin. Jiddiy surunkali kasalliklar, ayniqsa hayot uchun xavfli bo’lgan holatlarda, shuningdek, homiladorlik muammolari mavjud bo’lganida jinsiy aloqani rad qilish afzal. Estetik sabablarga ko’ra, jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar mavjudligida ham yaqinlikdan saqlanish tavsiya etiladi.

Erkaklarga

Erkaklarga jinsiy aloqa zarar yetkazmaydi. Yaqinlik vaqtida olat boshining shikastlashi ehtimoli bor, lekin bu uzoq va o’ta kuchli hissiyotlar bilan, ayollarning tabiiy lubrikanti bo’lmaganida sodir bo’lishi mumkin.
Ko’pgina hollarda, himoya e’tiborsiz qoldirilsa, bu erkakga zarar yetkazishi mumkin. Himoyalanmagan jinsiy aloqa va hamrohlarni tez-tez almashtirish u yoki bu kasallikni yuqtirib olish xavfini tug’diradi. Ulardan ba’zilarini davolash juda qiyin vazifa, masalan, OITS.
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.