Salomatlik Salomatlik Har kuni mashq qilish: yaxshimi yoki yomonmi?

Har kuni mashq qilish: yaxshimi yoki yomonmi?

O'qildi: 297


Har kuni mashq qilish: yaxshimi yoki yomonmi?

Yaxshiroq natijaga erishish uchun har kuni va yana ikki martadan mashq qilish kerak deb hisoblaysizmi?Lekin aslini olganda bu to‘g‘rimi?

Foto: Shutterstock

Har kuni mashq qilish mumkinmi?

Muntazam ravishda qilingan mashqlar salomatlik bilan bog‘liq ko‘plab muammolarning oldini oladi va hayotiy aktivlikni oshiradi. Lekin ko‘p sonli mashqlar sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti agar siz faqat jismoniy ko‘rinishingizni saqlamoqchi va zo‘r taassurot qoldiruvchi natijalar orqasidan quvmoqchi emas bo‘lsangiz, bir haftada 150 daqiqaga yaqin vaqtingizni mashq bilan shug‘ullanishga sarf qilishni tavsiya qiladi. Bir haftada 2,5 soat vaqt ichida organizm charchashga ulgurmaydi, siz esa kerakli quvvatga ega bo‘lasiz.

Har kuni qanday qilib to‘g‘ri mashq qilish mumkin?

Agar siz o‘z chidamingizni oshirmoqchi va kuchingizni chiniqtirmoqchi bo‘lsangiz, har kunlik mashg‘ulotlar sizni istalgan natijalarga juda tez olib boradi. Har kuni mashq qilish uchun alohida shartlar kerak bo‘lmaydi, lekin siz bunday mashg‘ulotlar organizmga bo‘ladigan stressli og‘irliklarni oshirishini tushunishingiz zarur.

Har kunlik mashg‘ulotlardan keyin qanday qilib avvalgi holatga qaytish mumkin?

Agar odam har kuni shug‘ullansa, to‘qimalar va a’zolarning ishini qayta tiklash uchun organizmning bor yo‘g‘i bir necha soatgina vaqti bo‘ladi. Shuning uchun organizmga yordam berish va uning tez qayta tiklanishi uchun kerakli bo‘lgan hamma narsani berish juda muhimdir.

Manba: Trendymen




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.