Zamonaviy odam harakatsiz yashash tarzi tomonidan garovga olingan deb hisoblash mumkin, bu esa uning sog‘lig‘i va kayfiyatida salbiy ko‘rinishda o‘z aksini topadi. Biz bu maqolada turib ishlashning foydasi haqida aytmoqchimiz.
Foto: Shutterstock
Ortiqcha vazn
Kamharakat yashash tarzi muqarrar ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib keladi. Chester universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, har kuni uch soat davomida tik turish 144 kaloriya quvvatni sarflashga yordam beradi. Shunday qilib, agar har kuni odatdagiga qaraganda uch soatdan ko‘proq vaqt oyoqda tik turib o‘tkazilsa, yil davomida 3—4 kg gacha ortiqcha vazndan qutulish mumkin.
Yurak va tomirlar
Penningtondagi tibbiyot tadqiqotlari markazi olimlari kunning ko‘p qismini o‘tirib o‘tkazadigan odamlarda infarkt va yurak bilan bog‘liq boshqa kasalliklar xavfi 54% yuqoriroq ekanligini isbotladi. Bundan tashqari o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, harakatsiz vaqt kechirish umrni o‘rtacha ikki yilga qisqartirar ekan.
Bo‘yin va orqadagi og‘riqlar
Shuningdek, kam harakat yashash tarzi osteoxondroz va gavdaning buzilishiga olib keladi, bo‘yin va bel sohasidagi qattiq og‘riqlarga sabab bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, turib ishlash yordamida tayanch-harakat tizimi muammolaridan qutulish mumkin ekan.
Buyraklar
O‘tkazilgan o‘nlab tadqiqotlar ko‘p vaqtini o‘tirgan holatda o‘tkazuvchi odamlarda turli xil, shu jumladan buyraklar bilan bog‘liq kasalliklarga chalinish xavfi yuqoriroq bo‘lishini isbotladi.
Unumdorlik
Ijtimoiy ruhshunos Emi Kaddi tana tili va gavdaning harakati, holati inson shaxsiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi. “Gavdaning kuchli holatlarida” organizm aqliy va hissiy faollikka yordam beruvchi testosteron moddasini ko‘proq va(“o‘lim gormoni”)hisoblanuvchi kortizolni esa kamroq ishlab chiqaradi. Tik turish holati “gavdaning kuchli holati” hisoblanadi. Demak, agar siz stuldan voz kechsangiz va ish joyingizni qayta jihozlasangiz mehnat faoliyatingiz ancha unumliroq bo‘ladi.
Manba: “Layfxaker”
Manba