Salomatlik Salomatlik Koronavirusda harorat ko‘tarilib, nafas qisishidan boshqa yana qanday simptomlar kuzatiladi?

Koronavirusda harorat ko‘tarilib, nafas qisishidan boshqa yana qanday simptomlar kuzatiladi?

O'qildi: 277


Koronavirusda harorat ko‘tarilib, nafas qisishidan boshqa yana qanday simptomlar kuzatiladi?

Koronavirus bilan kasallanganlikdan darak beruvchi eng ko‘p ma’lum bo‘lgan belgi tana harorati oshishi va nafas olishning qiyinlashishi hisoblanadi. Ammo siz e’tibor bermagan boshqa alomatlar ham COVID-19 bilan zararlanganingizdan darak berishi mumkin. “Domashniy ochag” jurnali boshqa kuzatilishi mumkin bo‘lgan simptomlar haqida ma’lumot beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Qorin sohasida og‘riqni his qilish

Qorinda og‘riq, ich ketishi va ko‘ngil ayniganidan keyin koronavirusga xos boshqa an’anaviy simptomlar kuzatiladi. Hazm jarayoni bilan bog‘liq muammolar, xususan, ovqatdan zaharlanishga o‘xshash simptomlar kuzatiladigan bo‘lsa, har ehtimolga qarshi boshqa odamlar bilan kontaktda bo‘lmay turganingiz yaxshi.

Bosh og‘rig‘i

Koronavirusga xos yana bir simptom bosh og‘rishi hisoblanadi va shifokorlar bunga o‘pkadagi muammo sabab kishiga kislorod yetishmaydi bu esa bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi deb hisoblaydi.

Bosh og‘rishi, xotira susayishi va uyqu bosishi

Koronavirusning organizmga ta’sirini o‘rgangan olimlar uning nafaqat nafas a’zolari, balki asab tizimi va bosh miyaga ham ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydi. Bu esa bosh aylanishi, uyqu bosishi va xotira susayishi kabi alomatlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Tomir tortishish

Virus asab tizimi hujayralariga ta’sir qilganidan keyin oyoq-qo‘llarda tomir tortishishi kuzatiladi. Avval sizda bunday holat kuzatilmagan va hozir tez-tez takrorlanadigan bo‘lsa, boshqalar bilan muloqot qilmaslik va shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Oyoq barmoqlarida qizg‘ish dog‘lar paydo bo‘lishi.

Ko‘p hollarda ushbu simptom bolalarda kuzatiladi va bir ozdan keyin izsiz yo‘qoladi. Ushbu belgining paydo bo‘lishi ispaniyalik shifokorlar tomonidan aniqlangan, ammo paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liqligi hozircha ma’lum emas.

Mushaklar bo‘shashishi va og‘rishi

Mushaklarning grippdagidek bo‘shashishi koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 38 foizida aniqlangan. 15 foiz bemor mushaklardagi og‘riqdan shikoyat qilgan. Ko‘p hollarda mazkur ikki simptomdan keyin COVID-19’ning boshqa belgilari ham kuzatiladi, ammo ba’zi hollarda bu kasallikning yagona belgisi bo‘lishi ham mumkin.

Konyunktivit

Virus inson organizmiga shilliq qavatlar – og‘iz, burun yoki ko‘z orqali tushadi. Ko‘z shilliq qavatining qizarishi, yallig‘lanish yoki qichishi ham koronavirusning aynan ko‘z orqali yuqqanidan darak berishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.