Salomatlik Salomatlik Jazirama kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Jazirama kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

O'qildi: 236


Jazirama kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Issiq kunda o‘zingizni yaxshi his qilishga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: My Thirty Spot

Havo harorati ko‘tarilishi bilan inson ishtahasi bo‘g‘ilayotgandek tuyiladi. Bunday vaqtda nima qilish kerak?

Nonushta qilishni kanda qilmang

Nonushta kunlik energiya manbayi bo‘lgani bois ham uni o‘tkazib yuborish kun bo‘yi o‘zingizni behol his qilishingizga sababchi bo‘ladi. Tongda uglevodlarni, qo‘shimcha sifatida esa oqsil va yog‘larni iste’mol qilish muhim sanaladi. Masalan, uy sharoitida donli undan tayyorlangan non, pishloq, tovuq go‘shti qo‘shib tayyorlanadigan buterbrod yozgi nonushta uchun yaxshi tanlovdir.

Kechki ovqat ham muhim sanaladi

Kechki ovqat ham uglevod, oqsil va sabzavotlarga boy bo‘lishi kerak. Kunning boshqa qisimida esa mevalar, smuzi va sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlar iste’mol qilish kerak. Eng asosiysi, kunning yarmida lohas bo‘lmaslik va tunda ochlik hissi uyg‘onmasligi uchun uglevodlardan ertalab va kechqurun energiya olish tavsiya qilinadi.

Foto: Food Lion

O‘simlik yog‘idan foydalaning

Iste’mol qilinayotgan yog‘larning uchdan ikki qismi o‘simliklarniki bo‘lishi kerak. Bu teridagi namlik saqlanishi, organizmning issiqqa chidamli bo‘lishi va elementlarni ichaklarda oson so‘rilishi, shuningdek, miya faoliyatining faol bo‘lishiga yordam beradi.

Shirinlikdan bosh tortmang

Shirinlik deganda shokolad yoki pishiriqlar emas, meva va asal qo‘shib tayyorlanadigan kokteyl, banandan tayyorlangan muzqaymoq, quruq mevali ichimliklar nazarda tutilmoqda.

Ko‘proq suyuqlik iching

Ko‘pincha biz ochlik hissi bilan chanqoq hissini adashtirib yuboramiz. Och qoldim degan xayolga bormaslik va odatdagidan ko‘p ovqatlanmaslik uchun esa ichimliklar, asosan, suv ichish tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.