Yuzga husnbuzar va toshmalar toshishiga sabab bo‘luvchi 7 mahsulot
Insonning ko‘rinishiga qarab uning nima iste’mol qilishi, taomnomasi haqida xulosa chiqarish mumkin. Siz-u biz tanovul qiladigan mahsulotlar nafaqat organizm, balki teri holatining qanday bo‘lishida ham muhim rol o‘ynaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, quyidagi mahsulotlar teri, xususan, yuzda husnbuzarlar paydo bo‘lishiga olib kelishi aniqlandi.
Foto: Getty ImagesQuritilgan mevalar
Quritilgan mevalar hamisha foydali hisoblangan, lekin ularning tarkibiga nazar solinsa, uglevodlarga boy ekani, bu esa ularni ko‘p miqdorda iste’mol qilish qondagi qand miqdorini oshib ketishiga olib kelishini bildiradi. Qondagi qand miqdori ko‘payganida uni me’yorga solish uchun organizmdan insulin ko‘p miqdorda ajralib chiqib, yallig‘lanishni keltirib chiqaradi.
Yog‘siz sut
Bu mahsulotda yog‘ bo‘lmagani va qo‘shimcha oqsil bo‘lgani hisobiga ham teri uchun zararli hisoblanadi. Uning o‘rniga guruch, bodom va kokos sutidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Dengiz mahsulotlari
Dengiz mahsulotlari yod manbayi hisoblanadi. Qisqichbaqa, lobster, ustritsa va boshqalarni sezuvchanligi yuqori bo‘lgan kishilar iste’mol qilsa yoki tanovul qilishda me’yori oshirib yuborilsa teri yallig‘lanishiga olib keladi. Uning o‘rniga yog‘li baliq iste’mol qilish kerak.
Sutli shokolad
Shokoladning bu turi tozalangan shakar, sut va trans yog‘larni o‘z ichiga oladi. Sutli shokoladni, tarkibida 70% kakao bo‘lgan, achchiq shokoladga almashtirish maslahat beriladi.
Sushi
Oq guruch tarkibida glikemik indeks yuqori bo‘ladi. Glikemik indeks deganda, mahsulotlar tarkibidagi uglevodlarning glyukozaga aylanish tezligi tushuniladi. Qisqichbaqa tayoqchalari va sous esa glyutenga boy hisoblanadi. Shu bois sushini hadeb ham iste’mol qilaverish kerak emas.
Sharbat
Sharbatlar, ayniqsa, mevalardan tayyorlangan bo‘lsa, qondagi qand miqdorining keskin ko‘tarilishiga sababchi bo‘ladi. Bu o‘zgarish esa o‘z navbatida teri yallig‘lanishini keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois sharbat o‘rniga sarxil mevalarni yeyish tavsiya qilinadi.
Go‘sht
Go‘sht antibiotikning koni bo‘lgani bilan organizmdagi mikrofloraga salbiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ham ega. Mikroflora esa tabiiyki tashqi ko‘rinishga ta’sir ko‘rsatadi. Yuz terisi sog‘lom ko‘rinishi va ortiqcha husnbuzarlar bo‘lmasligi uchun go‘sht bilan sabzavotlarni qo‘shib iste’mol qilish va me’yorni oshirib yubormaslik tavsiya qilinadi.
Manba