Salomatlik Salomatlik Yozda qalqonsimon bezni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar

Yozda qalqonsimon bezni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar

O'qildi: 316


Yozda qalqonsimon bezni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar

Qalqonsimon bez kasalligi yozda qo‘zg‘aydigan kasalliklardan biri hisoblanadi va ko‘pincha avval kuzatilmagan insonlarda ham aynan ushbu mavsumda bezovta qiladi. Salomatlik, kishi o‘zini his qilishi uchun muhim bo‘lgan qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligi uchun nima qilish kerak?Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Foto: Getty Images

Endokrinolog shifokor ko‘rigidan o‘ting

Agar yoshingiz 30 dan oshgan bo‘lsa, unda hech bo‘lmaganda bir marta endokrionolog shifokor ko‘rigidan o‘tish va qalqonsimon bezni ultratovush( UZI)tekshiruvdan o‘tkazish tavsiya etiladi. So‘nggi vaqtlarda vazn o‘zgarishi, soch to‘kilishi, terida muammolar va uyquning buzilishi kuzatilsa, ayniqsa befarq bo‘lmang. Yana bir narsani yodda tuting, ko‘pincha qalqonsimon bez kasalligi simptomlarsiz namoyon bo‘ladi.

Ultrabinafsha nurlaridan qoching

Ultrabinafsha nurlari, teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari quyosh nurlari qalqonsimon bez uchun zararli hisoblanadi. Chunki quyosh nuri ta’sirida tireotop gormonlari odatdagidan ham faol ishlab chiqarilib, giperteriozga olib keladi. Shuningdek, quyosh vannalaridan ham qochish tavsiya qilinadi.

Dengiz mahsulotlarini keragidan ortiq iste’mol qilmang

Qalqonsimon bezga yod kerakligi rost, ammo me’yorida. Unutmang yod miqdorining oshib ketishi, yetishmovchiligi kabi xavfli bo‘lishi mumkin. Shu sababdan ham dengiz mahsulotlarini keragidan ortiq iste’mol qilmaslik kerak.

Yog‘dan butkul voz kechmang

Yozning jazirama kunlari uchun yengil ovqatlanish tabiiy hol bo‘lgani bilan qalqonsimon bez uchun yog‘, xususan monoto‘yingan yog‘lar havodek zarur ekanini unutmaslik kerak. Agar siz yoz kunlarida yengil salat iste’mol qilishni yoqtiradiganlardan bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda o‘simlik yog‘i, yong‘oq va pista qo‘shib iste’mol qilish​ tavsiya qilinadi.

Kiyinishga ham e’tibor bering

Sintetik matodan tikilgan libos 30 foiz, paxtadan tikilgan yupqa libos esa 40 foiz ultrabinafsha nurini o‘tkazmaslik xususiyatiga ega. Shuningdek, issiq kunlarda quyosh nuridan saqlovchi kremlardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Suvda ko‘p vaqt o‘tkazmang

Suvda — hovuz, dengizda bo‘lgan insonga quyoshning ultrabinafsha nurlari odatdagidan ham ko‘p ta’sir qilishi mumkin. Xavf oldini olish uchun, suvda ko‘p bo‘lmaslik va suvga chidamli quyoshdan saqlovchi kremlardan foydalanish maslahat beriladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.