Salomatlik Salomatlik NASA koronavirusga qarshi kurashuvchi taqinchoqni taqdim etdi (foto)

NASA koronavirusga qarshi kurashuvchi taqinchoqni taqdim etdi (foto)

O'qildi: 278


NASA koronavirusga qarshi kurashuvchi taqinchoqni taqdim etdi (foto)

NASA koronavirusni yuqtirmaydigan taqinchoq taqdimotini o‘tkazdi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: NASA

Koronavirusga qarshi taqinchoq vibratsiya orqali uni taqqan inson yuziga teginayotganidan ogohlantiradi. Taqinchoqda maxsus datchik bo‘lib, u qo‘lning yuzga yaqinlashganini sezadi.

Bo‘yinga taqishga mo‘ljallangan taqinchoqda kichik motorcha o‘rnatilgan, u vibratsiyani yuzaga keltiradi. Shu tariqa ishlab chiqaruvchilar odamlarga yuziga teginmaslikka yordam bermoqchi.

Foto: NASA

Foto: NASA

COVID-19’ organizmga ko‘proq ko‘z, burun va og‘iz orqali yuqadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, taqinchoq koronavirusdan himoyalanishda yordamchi vosita bo‘lib, u tibbiy niqob hamda boshqa himoya vositalarining o‘rnini bosa olmaydi.

Qayd etilishicha, taqinchoq 3D-printerlar yordamida turli model va ranglarda yaratiladi.

Mavzuga doir: Koronavirusga qarshi kurashuvchi robot-dezinfektor yaratildi




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.