Salomatlik Salomatlik Neyrobiologlar qahva va shokolad saratonning oldini olib, miya faoliyatini yaxshilashini aniqladi

Neyrobiologlar qahva va shokolad saratonning oldini olib, miya faoliyatini yaxshilashini aniqladi

O'qildi: 331


Neyrobiologlar qahva va shokolad saratonning oldini olib, miya faoliyatini yaxshilashini aniqladi

AQSh va Yaponiyaning nufuzli universiteti olimlari, miyaning tonusda bo‘lishi va bir qator kasalliklarga chalinishning oldini olish uchun qahva ichish va shokolad yeyish kerak degan xulosaga keldi.

Foto: Tasting tableTa’kidlanishicha, neyrobiologlar qahva va tarkibida kofein bo‘lgan mahsulotlar miya faoliyatiga qanday ta’sir o‘tkazishini o‘rganib, qahva ichish shunchaki foyda emas, balki ma’lum bosqichda zarur degan fikrga to‘xtalgan. Qarish muammolari bo‘yicha Milliy institut va Jons Hopkins universiteti(AQSh)tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadqiqotda olimlar metilksantin — qahva, kakao, shokolad va choy tarkibidagi organik birikmalarni o‘rgangan.

Tadqiqotda, ushbu mahsulotlar neyron tarmoqlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, insult, Alsgeymer va Parkinson kasalliklariga chalinishdan saqlashi mumkin ekanligi aniqlangan. World Journal of Surgical Oncology’da yozilishicha, o‘tkazilgan 11 yirik tadqiqot natijasiga ko‘ra, kofein nafaqat Alsgeymer kasalligi balki, miya saratonining ham oldini olish mumkin.

Yaponiyaning Okayama universiteti olimlari esa qahva tarkibidagi qator komponentlar, miya glial hujayralarining antioksidantlik xususiyatini kuchaytirib, uning faoli ishlashiga olib keladi degan xulosaga kelgan.

Mavzuga doir: 

  • Biz deyarli har kuni iste’mol qiladigan qalbaki mahsulotlar
  • Qahva, zaytun va menemen. Turk nonushtasi nimasi bilan mashhur?
  • Olimlar qahva ayollarga chiroyli qomatni saqlab qolishga yordam berishini aniqladi
  • O‘zingizni behol his etyapsizmi?Hayotiy quvvatni ko‘tarishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya
  • Dalgona qahva nima va u qanday tayyorlanadi?
  • Kun bo‘yi mudrab yurmaslik uchun nima qilish kerak?7 maslahat


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.