Kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga ega bo‘lgan antistress mahsulotlar
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, stress hazm jarayoni va vazn to‘planishiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi va shuning uchun ham aksari insonlar emotsiyaga berilganidan keyin shirinlik yeyishni istaydi. Run review nashri stressni yengishda ahamiyatli bo‘lgan mahsulotlar qaysilardan iborat ekaniga to‘xtaladi.
Yashil ko‘kat va sabzavotlar
Foto: Run reviewIsmaloq, karam, brokkoli, salat bargi, rayhon hamda boshqa yashil sabzavot va ko‘katlar — B guruhi vitaminlarining koni hisoblanadi va olimlar tomonidan motivatsiya molekulasi deb ta’rif beriladigan dofamin — gormon va neyromeditorlarni faollashtiradi. Shuning uchun ham ushbu sabzavotlar tushkunlik va umidsizlikdan xalos etuvchi mahsulotlar qatoriga kiritiladi.
Grek yong‘og‘i
Foto: Run reviewGrek yong‘og‘i salomatlik uchun foydali bo‘lgan omega-3 dan tashqari, inson o‘zini yaxshi his qilishida ahamiyatli bo‘lgan gormon — serotonin ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi aminokislota — triptofanni ham o‘z ichiga oladi. Kayfiyatni ko‘tarish uchun kuniga bir hovuch grek yong‘og‘ini iste’mol qilishning o‘zi kifoya.
Suli yormasi
Foto: Run reviewUshbu mahsulot nafaqat salomatlik, balki inson o‘zini qanday his qilishiga ham ta’sir qilishi xususiyatiga ega bo‘lib, mutaxassis va parhezshunoslar tomonidan tongni suli yormasidan tayyorlangan nonushta bilan qarshi olish tavsiya qilinadi. Inson asabiylashganida qondagi qand miqdori oshadi, kletchatkaning koni bo‘lgan suli yormasi esa uni me’yorda saqlaydi.
Chernika
Foto: Run reviewChernika organizmning qarish jarayoni to‘xtatish va stressning oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan antioksidantlarning manbayi bo‘libgina qolmay, asabiylashganda inson organizmidan ajraladigan kortizol gormonini me’yorlashtiruvchi mahsulotlardan biri hisoblanadi. Qolaversa, postravmatik sindromni bartaraf etish uchun ham tavsiya qilinadi. Chernika sarxil yoki yaxlatilgan holda iste’mol qilinishidan qat’i nazar, foydalilik xususiyatini yo‘qotmaydi.
Qora shokolad
Foto: Run reviewKayfiyatni ko‘tarishning ko‘pchilikka ma’lum va afzal bo‘lgan yo‘llaridan biri qora shokolad bo‘lagini iste’mol qilish hisoblanadi. Kakao dukkaklarida mavjud polifenol sabab ushbu mahsulot iste’molidan keyin organizmda stress gormonlari, xususan, kortizol miqdori kamayadi va inson o‘zini yaxshi his qiladi.Manba