Qorinda yog‘ yig‘ilishiga olib keluvchi zararli odatlar
Qorin sohasida yig‘ilib boruvchi yog‘lar organizm uchun xavfli hisoblanib, u asta-sekinlik bilan ichki organlarni qoplay boshlaydi. Yurak, qandli diabet va boshqa jiddiy kasalliklar xavfini oshiradi. Afsuski, bunga insonni o‘zi bilmagan odatlari sabab bo‘ladi, albatta, uning oldini olishning imkon ham bor.
Foto: PixabayInternet uchun ko‘p vaqt sarflash
Instagram yoki Facebook’da do‘stlar qancha ko‘p bo‘lsa, erinmay hammasini kuzatish shart emas. Chiroyli qomatga ega yulduzlarning rasmini tomosha qilish ham hech qanday yordam bermaydi. Birinchidan, to‘g‘ri ovqatlanishga e’tiborli bo‘lish kerak. Ikkinchidan esa sport bilan muntazam shug‘ullanish lozim. Shuning uchun smartfonni o‘chirib, sayr qilish tavsiya etiladi.
Ko‘p sharbat ichish
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yangi siqilgan sharbatlar foydali bo‘lishiga qaramay xavfli tomonlari ham mavjud. Sharbat va smuzilardan muntazam ichish yurak-qon tomir kasalliklarini xavfini sezilarli darajada oshiradi va zararli yog‘lar yig‘ilishiga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi mevalarning shakariga bog‘liq. Agar olma yoki apelsin iste’mol qilinsa, fruktoza bilan birga biriktiruvchi to‘qimalar ham hosil bo‘ldi. Bu orqali shakar qonga kirib boradi va uning miqdorini tartibga soladi. Ammo sharbat yoki smuzilardan faqat shakar hosil bo‘ladi.
Vaqti-vaqti bilan sport bilan shug‘ullanish
Chekish, spirtli ichimliklar ichish kabi ko‘p o‘tirish ham tanaga zarar. Uning ta’siri ikki hafta ichida namoyon bo‘ladi. Hafta davomida 150 daqiqa aerobik mashqlar bajarish kerak. Bu bel va yurakni xavfli sanalgan ortiqcha yog‘dan himoyalaydi.
Sut mahsulotlaridan voz kechish
Qorin bo‘shlig‘ida yog‘ yig‘ilishi sababi ichaklarning yetarli darajada ishlamasligidir. Ko‘pincha bu ovqat hazm qilishni tartibga soluvchi va modda almashinuvini ta’minlaydigan foydali bakteriyalarning yetishmasligi bilan bog‘liq. Yetarli miqdorda foydali bakteriyaga ega bo‘lishning usuli – sut mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilishdir.
Ratsionga rioya qilmaslik
Agar ovqat vaqtida tanovul qilinmasa, ko‘p muddat och qolib, undan so‘ng haddan ortiq narsa iste’mol qilish yog‘ to‘plashning navbatdagi omili hisoblanadi. Tartibsiz ovqatlanish ortidan semizlik paydo bo‘lishi tabiiy.
Qovurilgan ovqatlarni iste’mol qilish
Qovurilgan kartoshka, chips va boshqa yog‘li taomlar semirib ketish uchun eng yaxshi va oson usul. Qovurilgan mazali yeguliklarni tayyorlashda sog‘liq uchun zararli bo‘lgan yog‘dan foydalaniladi. Agar ularsiz yashashning iloji bo‘lmasa, sabzavotlar bilan birga tanovul qilinishi kerak. Biriktiruvchi moddalar ovqat hazm bo‘lishi va moddalar almashinuviga yordam beradi.
Sabzavotlardan kam tanovul qilish
Qorindan xalos bo‘lishni istaganlar har bir taomni yangi sabzavot yoki bug‘da pishirilgani bilan tanovul qilish kerak. Birinchidan, biriktiruvchi moddalar ovqat hazm qilishda va qondagi shakar miqdorini tartibga solishda yordam beradi. Shuningdek, sabzavot oshqozonni to‘ydiradi va kamroq ovqat iste’mol qilinadi. Umuman olganda, sabzavotlar organizm uchun eng foydali mahsulot hisoblanadi.
Manba