Salomatlik Salomatlik Qaysi mahsulotlar immunitetni “o‘ldirishi” ma’lum qilindi

Qaysi mahsulotlar immunitetni “o‘ldirishi” ma’lum qilindi

O'qildi: 290


Qaysi mahsulotlar immunitetni “o‘ldirishi” ma’lum qilindi

Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari immunitetni pasaytirishi mumkin. Bu haqda parhezshunos va dermatokosmetolog Irina Lizun ma’lum qildi.

Foto: Pixabay

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, inson immunitetining asosiy dushmanlaridan biri — shakar va transyog‘lardir.

“Shakarni keragidan ortiq iste’mol qilish mikroflorani o‘zgartirishi mumkin, axir u organizmning immun reaksiyalarini bog‘lab turadi. Transyog‘lar, masalan, mahsulotlarni bitta yog‘da bir necha marta qovurganda, o‘simlik yog‘lari hayvon yog‘iga o‘xshash bir narsaga aylanganida paydo bo‘ladi. Masalan, margarin sariyog‘ga o‘xshaydi. Transyog‘lar yarim tayyor mahsulotlarda ko‘p, ular immunitet funksiyasiga salbiy ta’sir qiladi”, — deya izoh berdi shifokor.

Bundan tashqari, ta’m kuchaytirgichlar, ta’m va rang beruvchilar immunitet tizimi uchun foydasizdir.

“Oziq-ovqat mahsulotidagi rang beruvchining o‘zi salbiy ta’sir ko‘rsatolmaydi. Ammo odam ovqatni doim rang beruvchilar, ta’m beruvchilar bilan iste’mol qilsa, ularning umumiy ta’siri salbiy bo‘lishi mumkin”, — deb ogohlantirdi diyetolog.

Shuningdek, yog‘lar va uglevodlarga boy bir xil taomlar ham immunitet uchun xavflidir.

“Eng katta minus — bu bo‘sh kaloriyali oziq-ovqat. Biz odatiy tabiiy ovqatlarni turli xil ko‘rinishda iste’mol qilsak, o‘z-o‘zidan biz immunitet tizimimiz uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, mikroelementlar, antioksidantlar, moddalarning barcha turlarini olamiz. Agar odamning kunlik taomnomasida faqat kartoshka, makaron, go‘sht va bodring bo‘lsa, avtomatik ravishda vitaminlar, mikroelementlar va antioksidantlar yetishmasligi vujudga keladi. Xuddi shu holat fastfudda ham ro‘y beradi. Har qanday yetishmovchilik immunitet tizimi uchun tahlikali bo‘ladi”, — dedi Lizun.

Xulosa tariqasida, diyetolog taomnomadan fastfud va yarim tayyor mahsulotlarni chiqarib tashlashga chaqirdi.

Mavzuga doir:

  • Immunitetni ko‘tarishning ko‘pchilik bilmaydigan 10 ta usuli
  • 75 foiz kasalliklarning oldini olishda yordam beradigan profilaktika qoidalari
  • Erta tongda ichish tavsiya etiladigan 6 xil foydali sharbat


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.