Salomatlik Salomatlik Mutaxassis ozish uchun nonushtaga nima iste’mol qilish kerakligini ma’lum qildi

Mutaxassis ozish uchun nonushtaga nima iste’mol qilish kerakligini ma’lum qildi

O'qildi: 281


Mutaxassis ozish uchun nonushtaga nima iste’mol qilish kerakligini ma’lum qildi

Mutaxassis vazn tashlashga mo‘ljallagan mukammal nonushtani aniqladi. Bu haqda Express nashri xabar berdi.

Foto: “media.az”

Fitnes-murabbiy Aaron Braun ortiqcha kilogrammlardan xalos etuvchi nonushtaning uch xil variantini tavsiya etdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, vazn kamaytirishni istaganlar bir kunlik me’yor hisoblangan ovqatni yarmini iste’mol qilish kerak. Eng yaxshisi, sut mahsulotlari, tovuq, mol go‘shti va baliq tanovul qilish samara  beradi.

Shuningdek, nonushtaga  salomatlik uchun foydali bo‘lgan oqsil va yog‘larga boy tuxum, baliq, meva va sabzavotlar ham tanovul qilish kerak. Oxirgi variantdagi nonushtada esa tuxum, avokado, baliq yog‘i, ismaloq, qo‘ziqorin va sabzavotlar qabul qilish kerak.

Braunning tadqiqot natijalariga ko‘ra, oziq-ovqatning ko‘proq qismini kunning birinchi qismida iste’mol qilish vazn yo‘qotishga yordam beradi. Nonushta uchun kunlik kaloriya miqdorining 50 foizi, tushlikda esa 30 va kechki ovqatga 20 foizini iste’mol qilgan tajriba ishtirokchilari 12 hafta mobaynida 9 kilogrammgacha vazn tashlagan. Tushlikda ko‘p ovqat tanovul qilishni yoqtiradiganlar esa atigi 3,5 kilogramm vazn tashlagan.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.